Kremlda o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari, Ukrainaning RF nazoratidagi Zaporoje va Xerson viloyatlari hududlari Rossiya tarkibiga kirishi bo‘yicha kelishuvlar imzolandi. Vladimir Putin o‘z nutqida Ukrainani muzokara stoliga qaytishga chaqirdi.
Ukrainaning Rossiya tomonidan egallab olingan hududlaridagi o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan DXR va LXR hamda Zaporoje va Xerson viloyatlarida RF tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha referendumlar natijalari sarhisob qilina boshlandi.
YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumni kuzatish uchun O‘zbekistonga cheklangan missiya yuborishni tavsiya qildi. Referendum kuni fuqarolardan barcha o‘zgartishlarni «yoqlab» yoki «qarshi» ovoz berish so‘raladi.
YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi ekspertlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Ular Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha referendumga tayyorgarlik bilan tanishib, ovoz berish jarayonini kuzatishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Markaziy saylov komissiyasi Konstitutsiyaviy referendum o‘tkazish jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rishni boshlab yubordi. Iyul-avgust oylarida 944 nafar trener 140 mingdan ortiq uchastka-okrug komissiya a’zolarini referendum o‘tkazish qoidalari bo‘yicha o‘qitishi rejalashtirilmoqda.
Prezident Konstitutsiyani parlament vakolati bilan emas, balki referendum o‘tkazish yo‘li orqali o‘zgartirishni taklif qildi. «Konstitutsiyaviy islohotni fuqarolarimiz fikri va qo‘llab-quvvatlashi asosida referendum orqali amalga oshirsak, bu — haqiqiy xalq Konstitutsiyasi bo‘ladi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Referendum to‘g‘risidagi qonunga saylov komissiyalari vakolatlarini o‘zgartirish, kuzatuvchilar huquqlarini kengaytirish va boshqalarni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritildi. Shuningdek, referendumda qabul qilingan qarorlarni faqat referendumda bekor qilish talabiga istisno kiritildi.
Deputatlar referendum to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlar kiritishni ma’qulladi. Unga ko‘ra, referendum o‘tkazuvchi komissiyalar vakolatlarini aniqlashtirish, komissiyalar qarorlari yuzasidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish, kuzatuvchilarning huquqlarini kengaytirish nazarda tutilmoqda.
Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha referendum yakunlangani va unda 7,9 mln fuqaro (saylovchilarning 86,06%) qatnashganini ma’lum qildi. Referendumning dastlabki natijalariga ko‘ra, 77,18 foiz saylovchi islohotlarni qo‘llab-quvvatlagan, 18,66 foizi esa qarshi ovoz bergan.
5 iyun kuni Qozog‘istonda mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tadi. Tuzatishlarda prezidentning yaqin qarindoshlariga siyosiy davlat xizmatchisi lavozimlarini egallashni taqiqlash, Qozog‘istonning birinchi prezidenti belgilagan tamoyillarning o‘zgarmasligi haqidagi qoidalarni istisno qilish va boshqalar taklif qilingan.
Shotlandiya hukumati Buyuk Britaniya tarkibidan chiqish masalasi bo‘yicha so‘nggi yetti yil ichida ikkinchi bor referendum o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Mustaqillik uchun birinchi referendum 2014 yil o‘tkazilgan, unda 55% shotlandiyaliklar Buyuk Britaniya tarkibida qolish tarafdorlari sifatida ovoz berishgan.
Qirg‘izistondagi navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida Sodir Japarov deyarli 80 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda. Bir vaqtning o‘zida o‘tkazilgan referendumda saylovchilarning 81 foizdan ko‘prog‘i mamlakatdagi prezidentlik boshqaruv shakli uchun ovoz berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting