Oliy ta’lim vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetining rektori bo‘ldi. U bu lavozimda 2015−2020-yillarda ham ishlagan. Yana bir sobiq vazir o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova esa Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti bo‘ldi.
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutiga Berdiyar Jollibekov, Namangan davlat pedagogika institutiga esa Baxodir Xusanov rektor bo‘ldi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Guliston davlat pedagogika insitutiga yangi rektorlar tayinlandi. Shuningdek, Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutiga ijrochi direktor tayinlandi.
Shahzoda Negmatova O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika institutining rektori etib tayinlandi. U tayinlovga qadar Samarqand davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.
Hukumat qarori bilan Termiz davlat pedagogika institutiga Azizbek Xasanov rektor bo‘ldi. Urganch davlat pedagogika institutini esa Feruza Madraximova boshqaradi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Termiz davlat pedagogika instituti direktori Eshbolta Qobulov va Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti direktori Abduqahhor G‘aniyev o‘z lavozimidan ozod etildi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ulug‘bek Azizov va Buxoro muhandislik texnologiya instituti rektori Nusratullo Barakayev lavozimidan ketdi.
O‘zJOKU talabasi universitetda rektorga salom bermagani uchun xodim tomonidan kaltaklangani aytilmoqda. Universitet rektori esa holatdan xabari yo‘qligini, biroq, nohaq harakat qilganlar jazolanishini aytdi. Talabaning salom berish-bermasligi bu ixtiyoriy, deya ta’kidladi Sherzodxon Qudratxo‘ja.
Toshkent davlat agrar universiteti sobiq rektori Botirjon Sulaymonov moliyaviy va qabul bo‘yicha kamchiliklarga yo‘l qo‘yganlikda gumonlanmoqda. Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov u hibsga olinganini ma’lum qildi. «Xatoliklar bo‘lmaganda rektorga nisbatan bunaqa katta ish bo‘lmas edi», — dedi vazir.
2017 yildan beri adliya vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Akbar Tashkulov Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev OTMlar rektorlarining faoliyatini tanqid ostiga oldi. «Birortasi o‘z hududida mahallagacha tushib, yoshlar tarbiyasi, uyushmagan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha tashabbus bildirmagan», — dedi u. Prezident to‘rtta oliygoh rektorini ishdan olinishini ma’lum qildi. Shuningdek, oliygohlar yon-atrofidagi kamida mahallalar uchun «ma’naviyat markazi» bo‘lishi kerakligi aytildi.
«El-yurt umidi» jamg‘armasi direktori Adxam Bekmurodov prezident maslahatchisi o‘rinbosari — prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi.
TTAning sobiq rektori prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari vazifasiga tayinlandi
Sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Toshkent tibbiyot akademiyasiga rektor etib tayinlandi.
TDPU rektori Alisher Umarov sud qarori ijrosini ta’minlamagani uchun BHMning 10 baravari miqdorida jarimaga tortildi. Unga noqonuniy ishdan bo‘shatilgan kafedra mudirini lavozimiga qayta tiklash yuklatilgan edi.
Prezident va maxsus maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimida ishlab kelgan Sarvar Boboxo‘jayev Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga rektor etib tayinlandi. TATUning sobiq rektori To‘lqin Teshaboyev esa Toshkent moliya instituti rektori lavozimini egalladi.
Komiljon Karimov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga, Baxrom Mirkasimov esa Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetiga rektor etib tayinlandi.
Toshkentdagi Adju universiteti, Toshkent farmatsevtika instituti va Toshkentdagi Turin politexnika universitetiga yangi rektorlar tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting