O‘zbekistonda joriy yilda renovatsiya dasturi asosida 20 ming xonadon qurish rejalashtirilgan, deyiladi prezident bilan uchrashuvda. Davlat rahbari bu boradagi ishlar mamlakatning qator shahar va tumanlarida allaqachon boshlanganini, buni boshqa hududlarda ham ommalashtirish zarurligini ta’kidladi.
Toshkent hokimligining ta’kidlashicha, renovatsiyaga tushgan hududlar mahalliy aholining murojaatlari asosida taklif etilgan. Uy-joylarning tahlili shaharsozlik me’yorlariga javob bermasligini tasdiqladi, deya qayd etdi hokimlik. Loyiha hududlarni yaxlit rivojlantirishni nazarda tutadi.
Renovatsiya to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamadan o‘tkazildi. Biroq qonun mulkdorlarning huquqlarini yetarlicha himoya qilmasligi va boshqa sabablar tufayli jamoatchilik noroziligiga uchradi. Poytaxt hokimi qonun qabul qilinmasidan avval joylarda renovatsiya loyihalari amalga oshirish haqida qaror imzoladi.
O‘zbekiston hududlarida uy-joylarni sinov tariqasida renovatsiya qilish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Misol tariqasida Toshkentning Oqtepa massividagi loyiha keltirilgan. Renovatsiya to‘g‘risidagi qonunni iyun oxirigacha ishlab chiqish belgilandi.
Xitoylik investorlar Toshkentning Oqtepa massividagi eski ikki qavatli turar joylar o‘rnida ko‘p qavatli uylar quradigan renovatsiya dasturini amalga oshiradi. Buning uchun budjet mablag‘laridan foydalanmagan holda 360 mln dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etiladi.
“Milliy tiklanish” partiyasi poytaxt hokimi v.b. Shavkat Umurzoqovning Toshkentda 500 gektar joy renovatsiyaga tushgani haqidagi xabariga munosabat bildirdi. Partiya dastur mulkdorlar roziligiga asoslanishi, jamoatchilik muhokamalaridan o‘tishi va renovatsiya to‘g‘risida qonun bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Toshkentda 500 gektardan ortiq maydondagi uy-joylar renovatsiya dasturiga kiritilgan, deya ma’lum qildi poytaxt hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap “talabga javob bermaydigan, ko‘p yillar oldin qurilgan ikki qavatli binolar va vaqtincha qurilib ketgan uylar” haqida ketmoqda.
“Adolat” partiyasi Chilonzor tumanidagi uy va do‘konlarda “renovatsiya” o‘tkazish haqidagi qaror loyihasiga munosabat bildirdi. Partiya “renovatsiya”ning mustahkam qonunchilik asoslari bo‘lmaguncha uning asosida Toshkent shahrida yangi qurilishlarni amalga oshirishga qarshi chiqdi.
Hukumat qarori bilan Toshkentning Chilonzor tumanida RSHTYOIM qarshisidagi uy va do‘konlarda “renovatsiya” o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bunda bir qavatli uylar o‘rniga ko‘p qavatlilari quriladi. Qatortol ko‘chasini turizm ko‘chasiga aylantirish, yerto‘lalarni ta’mirlashga kredit ajratish ham taklif etilmoqda.
Toshkent viloyatida avariya holatidagi 23 ta ko‘p kvartirali uy buzilib, o‘rniga yangisi qurilishi rejalashtirilmoqda. Yangi uylar bitgunga qadar xonadon egalari 11 oy tuman/shahar hokimligi va tashabbuskorlar mablag‘i hisobidan ijarada yashab turadi.
Respublika bo‘yicha 260 ta eski ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash hamda 193 ta avariya holatidagi ko‘p qavatli uylarni buzib, ular o‘rniga yangi uy-joylarni qurish taklif etilmoqda. Bu haqdagi hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting