Madaniy meros agentligi xulosasi bilan eski ToshMI hududidagi sobiq kadet korpusining binosini restavratsiya qilish loyihasi tasdiqlandi. Uni O‘zshaharsozlik LITI davlat muassasasi ishlab chiqdi, qo‘shimchasiga 2 ta yotoqxona qurish, cherkov bo‘lgan yuqori qismni tiklash, tashqi ko‘rinishini saqlash belgilandi.
Kasbi tumanidagi XIV asrga tegishli “Namozgoh” masjidi nurab borayotgani, ammo hech qanday chora ko‘rilmayotgani tanqid qilingandi. Madaniy meros agentligi o‘rganishlardan so‘ng yodgorlik 2023-yilgi restavratsiya rejasiga kiritilganini bildirdi.
O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi qoshida arxeologik topilmalarni o‘rganish va tiklash bo‘yicha bo‘yicha birinchi laboratoriya ishga tushirildi. Loyiha Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting