Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida korxona ohak ishlab chiqarishda 5,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Gaz hisoblash uskunasi nosozligi sababli muqaddam tarmoqdan uzilgan va tamg‘a o‘rnatilgan, ammo sex rahbari uni o‘zboshimchalik bilan buzgan va ishlatishda davom etgan.
Namanganning Chust tumanida tadbirkorlar o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanish orqali 2,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalandi. Andijon shahrida ta’lim muassasasi 892 mln so‘m zarar yetkazdi. Ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Samarqand viloyatidagi fermer xo‘jaliklaridan biri tabaqalashtirilgan tarif bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirmay kelishi oqibatida elektr ta’minoti korxonasiga 4,6 mlrd so‘m zarar yetkazdi. Shu kabi holat yana ikkita tadbirkorlik subyektida kuzatildi. To‘plangan hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting