Samarqand davlat chet tillar institutining yotoqxonasi qurilishi nazorat inspeksiyasi ro‘yxatidan o‘tkazilmay, o‘zboshimchalik bilan olib borilgani aniqlandi. Shuningdek, jarayon sifatsiz bajarilgani tufayli qurilish to‘xtatildi. Avvalroq Agrar universitet yotoqxonasi qurilishi ham kamchiliklar sabab to‘xtatilgandi.
Navoiy viloyatida o‘tkazilayotgan reyd tadbirlarida jinoyatda gumonlanib “Mexrik” laqabi bilan tanilgan Mexriddin Allayorov va uning 9 nafar sheriklari ushlandi.
Toshkent shahri va Xorazm viloyatida giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar va bezorilikda gumonlanib 19 nafar shaxs qo‘lga olindi.
Toshkentda jinoyat sodir etganlikda gumonlanib Buzruk Buzrukov qo‘lga olindi. Unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Andijon viloyatidagi profilaktik tadbirlarda jinoyat olami vakillari, tovlamachilar, “o‘zidan yetakchi yasab olganlar” hamda ularga yaqin bo‘lgan shaxslar qo‘lga olinmoqda. Xususan, bezorilik, tovlamachilik va giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etishda gumonlanib 3 nafar shaxs hibsga olindi.
Toshkent shahar IIBB xodimlari “Saidaziz medgorodok” laqabi bilan mashhur Saidaziz Saydaliyevni qo‘lga oldi. Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, u va yana bir necha kishi tovlamachilik ishi bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida hibsga olingan. Ma’lum qilinishicha, ular pul evaziga odamlarni qarzini undirib bergan.
Toshkent shahrida huquq-tartibot idoralari tomonidan “ko‘cha bollari” va jinoiy guruhlarni aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha keng ko‘lamli reydlar o‘tkazilmoqda. Tezkor chora-tadbirlar poytaxtda jinoyatchilik bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilashga qaratilgan, deya xabar beradi poytaxt ichki ishlar bosh boshqarmasi.
Toshkentda o‘tkazilgan reydlar davomida 1 tonnadan ziyod «Andijon muzqaymoq» tarkibida ichak tayoqchasi va oltinrang stafilokokk aniqlangani sababli iste’molga yaroqsiz deb topildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting