2022 yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston EIU “Demokratiya indeksi"da bir pog‘ona ko‘tarilib, 167 davlat orasidan 149-o‘rinni egalladi. Mamlakatda demokratiyaga berilgan baho 2,12 ballni tashkil etadi va bu ketma-ket uch yildan beri o‘zgargani yo‘q.
Har yili juda ko‘p kitoblar dunyo yuzini ko‘radi, ammo ularning ma’lum bir qismigina kitobxonlar e’tiborini qozonadi. 2022 yilda dunyo bo‘ylab qanday kitoblar bestsellerga aylandi va yilning eng yaxshi kitoblari deb topildi? «Gazeta.uz» bu savolga javob izladi.
O‘zbekiston qamoqxonalardagi mahkumlarning umumiy soni bo‘yicha reytingda 62-o‘rinni egalladi, hozir muassasalarda 22 867 nafar shaxs jazo o‘tamoqda. Mamlakatda har 100 ming kishiga 68 nafar mahkum to‘g‘ri keladi va bu boradagi reytingda esa O‘zbekiston 179-o‘ringa loyiq ko‘rildi.
Fitch O‘zbekistonning suveren reytinglarini «BB-» darajasida barqaror bashorat bilan saqlab qoldi. Reyting agentiligining kutilmalariga ko‘ra, 2021 yilda mamlakat iqtisodiyoti 6,2%ga, inflyatsiya 9,8%ga va davlat qarzi YAIMning 42%gacha o‘sadi. Shu bilan birga, pandemiya va vaksinatsiya jarayonini amalga oshirish bo‘yicha kechikishlar O‘zbekistonga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
«Gazeta.uz» kolumnisti, faylasuf Valeriy Xanning ta’kidlashicha, oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchilar mehnatini baholashda moslashtiruv hali ham yo‘q qilinmagan. U ilmiy-pedagogik mehnatni baholashning yangi tizimiga asos bo‘la oladigan sifat va miqdor mezonlarini taklif qilmoqda.
Ilmiy-pedagogik ishlarni baholashning hozirgi tizimi «botqoqlik»ni rag‘batlantiradi va olimlar hamda o‘qituvchilarni yuqori ilmiy natijalarga erishishga ruhlantirmay, «boshi berk ko‘cha»ga kelib qolgan, deb hisoblaydi faylasuf va antropolog Valeriy Xan. O‘qituvchilar va universitetlarning amaldagi reytinglari nima uchun mamlakat rivojlanishiga to‘siq bo‘lishi mumkinligi haqida muallifning maqolasida o‘qing.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting