“Roma” Eldor Shomurodovni A Seriyaning boshqa klubi — “Kalyari”ga keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga berdi. Shomurodov klubdagi birinchi o‘zbek futbolchisi hisoblanadi. O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisining yangi jamoasi quyi ligada bir mavsum o‘tkazib, Italiyaning yuqori divizioniga qaytgandi.
Vengriya poytaxtida bo‘lib o‘tgan Yevropa Ligasi finalida “Sevilya” jamoasi penaltilar seriyasidagi ustunlik evaziga 7-marta ushbu kubokka ega chiqdi. Ispan klubi bu bilan Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi (video, foto).
Yevropa Konferensiyalar Ligasi finalida “Roma” klubi “Feyenoord” ustidan g‘alaba qozonib, chempion bo‘ldi. Rimliklar safida o‘ynayotgan Eldor Shomurodov yevrokuboklarda g‘alaba qozongan ikkinchi o‘zbekistonlik sportchi bo‘ldi.
Italiya kubogining nimchorak final bahsida «Roma» klubi «Lechche» ga qarshi maydonga tushib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga romaliklardan Temmi Abraham, Marash Kumbulla hamda zaxiradan tushgan Eldor Shomurodov mualliflik qildi. Bu Eldorning joriy mavsumdagi 2-goli.
Italiyaning “Roma” klubiga o‘tgan o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov haqida uning agenti hamda “Roma” klubi bosh direktori fikr bildirdi. Shuningdek, Shomurodov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi. “Vatanimni tanitishdan faxrlanaman”, — deydi u. Bundan tashqari Eldor Shomurodov klubdagi fotogalereyasini ham o‘tkazdi (foto, video).
Italiyaning «Roma» klubi «Jenoa» safida to‘p surgan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov transferi uchun 17,5 mln yevro to‘ladi. Futbolchi rimliklar bilan 2026 iyunining oxirigacha shartnoma imzoladi. Shomurodov «bo‘rilar» safida 14 raqam ostida harakat qiladi.
Sport jurnalistlari Nikolo Skira hamda Fabritsio Romano o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodovni Italiyaning “Roma” klubi bilan kelishuvga erishgani haqida ma’lum qilishdi. Rimliklar hujumchini 16 mln yevro evaziga sotib olish huquqi bilan ijaraga oldilar. Shomurodov endi 2026 yilgacha “Roma” manfaatlarini himoya qiladi.
Italiyaning «Roma» klubi o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda. Xabarlarga ko‘ra, rimliklar futbolchi uchun 15 mln yevro taklif qilgan, ammo «Jenoa» jamoasi forvard uchun 20 mln yevro talab qilishmoqda. Insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, Shomurodov faoliyatini «Roma»da davom ettirishga yaqin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting