Rosselxoznadzor 14 apreldan boshlab, O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining kafolati bilan Farg‘ona, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi 17 ta korxonaga Rossiyaga pomidor va qalampirni yetkazib berishga ruxsat beradi. Shu kunga qadar Rossiyaga Farg‘ona viloyatidagi yettita korxonadan pomidor va qalampir olib kirishga ruxsat berilgan edi.
7 apreldan boshlab Farg‘ona viloyatidan Rossiya Federatsiyasi hududiga pomidor va qalampirdan tashqari barcha o‘simlik mahsulotlarini olib kirishga ruxsat berildi.
Rosselxoznadzor 1 yanvardan Rossiyaga Farg‘ona viloyatidan quruq mevalarni olib kirishga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi. Cheklov 7 dekabrda o‘rnatilgan edi.
Rosselxoznadzor 1 yanvardan boshlab Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi 34 ta korxonaga Rossiyaga pomidorlarni olib kirishga ruxsat berdi.
«Rossiya temir yo‘llari» kompaniyasi O‘zbekiston va Tojikistondan keltiriladigan meva va sabzovot mahsulotlarini tashishda 50% lik chegirma joriy qildi. 2021 yil davomida to‘liq amalda bo‘ladi.
Rossiya O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidan olib kirilayotgan pomidor va qalampirga qo‘yilgan vaqtinchalik ta’qiqlarni qisman bekor qildi.
Rosselxoznadzor Qashqadaryo va Navoiy viloyatlaridan pomidor va qalampir olib kirishni ta’qiqladi. Bunga sabab mahsulotlarda urug‘li jigarrang burishgan virus aniqlanganligi aytilmoqda. Bundan tashqari, Rossiya Ozarbayjon, Turkiyaning Antalya va Izmir provinsiyalari hamda Armanistonning Armavir viloyatidan pomidor olib kirishni ta’qiqlagan.
Rossiyaning veterinariya va fitosanitariya nazorati bo‘yicha federal xizmati quritilgan o‘rik partiyasida kapr qo‘ng‘izi topilgani sababli Farg‘ona viloyatidan barcha o‘simlik mahsulotlarini olib kirishni taqiqladi. Avvalroq «O‘zdavkarantin» tomonlar cheklovlar qo‘ymaslik to‘g‘risida kelishib olganini ma’lum qilgan edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting