O‘zbekiston va Rossiya harbiy xizmatchilari shartli jangarilar guruhini yo‘q qilish bo‘yicha maxsus operatsiyani amalga oshirdilar. Dushmanga aviatsiya, artilleriya, zirhlangan jangovar texnikalar va barcha turdagi o‘t ochish vositalari yordamida zarbalar berildi. Mashg‘ulotlarda Rossiyaning to‘rtta Tu-22M3 bombardimonchi samolyoti qatnashdi.
Ko‘chma diagnostika va davolash klinikasi Rossiya hukumati tomonidan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirildi. U birlamchi tibbiy yordamni ko‘rsatish, shuningdek xavfli infeksiyalar, shu jumladan OIV va COVID-19ni aniqlash uchun mo‘ljallangan.
Rossiya Federatsiyasidan jinoiy javogarlikka tortish va ijro etish uchun 56 nafar O‘zbekiston fuqarolari maxsus reys bilan qaytarildi.
O‘zbekiston farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi Tashkent Pharma Park hududida koronavirusga qarshi Rossiya vaksinalarini ishlab chiqarishni taklif qildi.
Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya fondi qo‘shma O‘zbekiston-Rossiya investitsiya fondini yaratishni taklif qildi.
Farg‘ona viloyatidan Rossiyaga pomidor va qalampir olib kirishga taqiqni bekor qilish choralari ko‘rilayotgani ma’lum qilindi. Qayd etilishicha, ushbu mahsulotlarda aniqlangan ToBRFV o‘simliklar virusining yangi shtammi O‘zbekiston hududida ilgari aniqlanmagan.
Rossiya Farg‘ona viloyatida yetishtirilgan pomidor va qalampirlarda tobamovirus aniqlangani uchun sabzavotlarni o‘z hududiga kiritilishiga taqiq qo‘ydi. Ushbu virusni yuqtirgan sabzavot boshqa o‘simliklarning nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolgan 17 nafar o‘zbekistonlik olib kelindi. Ular, asosan, kasalmand, homilador va boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar toifasiga kiradi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida Rossiya bosh vazir o‘rinbosari Aleksey Overchuk boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar hamkorlik doirasidagi bir qator loyihalarni muhokama qilishdi. Xususan, soliq va bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha harakatlar rejasi ko‘rib chiqishdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting