Ukrainadagi urush insoniy yo‘qotishlarga, gumanitar inqirozning chuqurlashishiga, oziq-ovqat va energiya shoklariga sabab bo‘ldi, global o‘sishni sekinlashtirdi. «Gazeta.uz» Rossiya Ukrainaga bostirib kirganiga bir yil to‘lishi munosabati bilan urushning jahon iqtisodiyotiga ta’sirini o‘rgandi.
Xitoy Ukraina inqirozini siyosiy hal qilish bo‘yicha 12 banddan iborat o‘z pozitsiyasini taqdim qildi. Unda «sovuq urush haqidagi fikrlardan voz kechish» va barcha mamlakatlarning suverenitetini hurmat qilish, shuningdek, yadro qurolidan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi qayd etilgan.
O‘zbekiston TIV Ukraina elchisi bilan uchrashuvda, Ukraina Mudofaa vazirligining O‘zbekiston sanksiya cheklovlarini chetlab o‘tib, Rossiyaga ikki maqsadli mahsulotlar yetkazib bergani haqidagi «asossiz bayonoti» yuzasidan «jiddiy xavotir bildirdi».
Ukrainaning Zaporoje viloyatida avtomobillar karvoniga raketa hujumi oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi, 28 kishi jarohatlandi. Viloyat ma’muriyati 1 oktabrni viloyatda motam kuni deb e’lon qildi.
TIV Ukraina atrofidagi vaziyat bo‘yicha bayonot berdi. Unda O‘zbekiston boshqa davlatlarning hududiy yaxlitligini hurmat qilishga sodiqligi ta’kidlangan. TIV qonunbuzarlik sodir qilmagan chet elliklar, jumladan rossiyaliklar majburiy deportatsiya qilinmasligini ma’lum qildi.
Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar rahbarlari sammitida Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Unda Rossiya neftining uchdan ikki qismiga embargo qo‘llash, Sberbankni SWIFT tizimidan uzish va yana uchta davlat telekanalining ittifoq hududida translyatsiyasini taqiqlash ko‘zda tutilgan.
Rossiya-Ukraina mojarosi fonida rossiyaliklar O‘zbekiston yo‘nalishida bir tomonlama aviachiptalarni ko‘proq xarid qilmoqda. Tahlilchilarning ma’lumotiga ko‘ra, mart-aprel oylarida konsalting, moliya va IT-kompaniyalar vakillari ortga qaytish chiptalarini nisbatan kamroq sotib olgan.
2022 yil boshidan beri O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘paya boshladi. Xususan yanvar oyida 23 ta yangi kompaniya tashkil etilgan bo‘lsa, aprelning o‘zida ularning soni 103 taga oshgan, shundan 45 tasi AKT yo‘nalishidagi kompaniya hisoblanadi.
Istanbulda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasida navbatdagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Ukraina xalqaro xavfsizlik kafolatlari masalasida o‘z takliflarini taqdim etdi. Unga ko‘ra, Rossiya Ukrainani Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishiga qarshilik qilmaydi, mamlakat xavfsizligi BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari tomonidan kafolatlanadi. Ayni vaqtda Kiyev harbiy ittifoqlarga qo‘shilishdan bosh tortishga va’da berdi. Rossiya esa Kiyev va Chernigov yo‘nalishlarida harbiy faollik keskin qisqartirilishini ma’lum qildi.
Rossiyaning “Первый канал” telekanali muharriri Marina Ovsyannikova “Время” dasturi jonli efiri vaqtida Ukrainadagi urushni to‘xtatish va propagandaga ishonmaslikni so‘rab chiqdi. Mazkur holatga o‘zbek jamoatchiligi vakillari ham munosabat bildirdi. Jurnalist Muhrim A’zamxo‘jayev “qo‘rquvni qanday qilib yengdi ekan?” deya savol bilan yuzlangan bo‘lsa, Davletovuz “haqiqat uchun kurashuvchi hamma joyda topiladi”, deya ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting