O‘zbekiston maktablarida qizlarga istisno tariqasida oq va ochiq ranglardagi milliy ro‘molda va do‘ppida bo‘lishga ruxsat berildi. XTV rahbari bu ko‘pchilik ota-onalarning murojaatlari asosida qabul qilinganini va asosiy maqsad — barcha bolalarga ta’lim berish ekanligini ta’kidladi. «Biz dunyoviy bilimlarni barchaga berishimiz shart. Shu narsaga sharoit yaratib berishimiz kerak», — dedi u.
Ro‘mol o‘ragan qizlarga saylov sababli ularga indashmayotgani, saylovdan keyin «qanaqadir tashkilotlar» ota-onalarini surishtirishini aytgan Chinozdagi 45-maktab direktori bu haqda hech qanday organlardan topshiriq bo‘lmaganini bildirdi. U jamoatchilik va ota-onalardan uzr so‘radi.
«Sizlarga tepadan vahiy tushdimi? Hozir indashmayotganining sababi — saylov o‘tishini kutishayapti, saylov o‘tib olsin, ko‘rasizlar. Qanaqadir tashkilotlar kelib surishtirishi kerakmi ota-onalaringni?» — Ijtimoiy tarmoqlarda Chinoz tumanidagi 45-maktab direktori ekani aytilayotgan ayolning ro‘mol o‘ragan o‘quvchi qizlar bilan suhbati aks etgan audioyozuv tarqaldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda hijob kiygan ayollar IIBB tomonidan ushlanganligi aytilgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBBning izohlashicha, ushbu fikrlar haqiqatdan yiroq va ro‘mol o‘ragan ayollarga hech qanday ozor berilmagan. Aytilishicha, ushbu fuqarolar jamoat joyida tibbiy niqobsiz bo‘lgan va inspektorlar tomonidan profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting