Rossiya qamoqxonasidan Ukrainadagi urushga “safarbar qilingan” 23 yoshli o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Onasining aytishicha, u qo‘liga hech qachon qurol olmagan. “„Men xizmat qilmayman, odam o‘ldirmayman, onajonim, men bormayman, desam ham majburlashdi“, — dedi”, — deya o‘g‘li bilan so‘nggi suhbatni yodga oldi u.
O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi 26 nafar o‘zbekistonlik chaqiruv qog‘ozini olganini tasdiqladi. Dipmissiya o‘zbekistonliklar chaqiruv qog‘ozi olayotgan shu va boshqa holatlarni «texnik xatolik» deb atadi va hujjatlar tekshiruvidan so‘ng safarbarlik uchun chaqiruv bekor qilinayotganini qayd etdi.
Rossiyadagi chiqindilarni qayta ishlovchi korxonada mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolariga safarbarlik uchun chaqiruv qog‘ozlarini topshirishdi. «Gazeta.uz» vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida korxona rahbari bilan bog‘landi.
Rossiyaning Belgorod viloyatidagi harbiy poligonda safarbar qilingan askarlarga ommaviy o‘q uzildi. RF Mudofaa vazirligi hodisani terakt deb atab, «MDH davlatlaridan biri»ning ikki fuqarosi o‘t ochganini ma’lum qildi. 11 kishi halok bo‘lgani va 15 kishi yaralangani aytilmoqda, qurbonlar ko‘proq bo‘lishi mumkin.
Forbes Russia qisman safarbarlik e’lon qilingach, qo‘shni davlatlar mehnat bozoridagi o‘zgarishlarni tahlil qildi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, rezyumelar soni oshishi Qozog‘iston (65%), Gruziya (48%) va O‘zbekiston (47%) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Dog‘istonda safarbarlikka qarshi boshlangan va asosan ayollar ishtirok etayotgan namoyishlarda 101 kishi hibsga olindi. Yoqutistonda ham osuoxay xalq marosimi ko‘rinishida norozilik aksiyasi o‘tkazildi, unda 24 nafar ayol hibsga olindi.
Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilindi, u 21 sentabrdan boshlanadi. Zaxirada turgan 50 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar safarbarlikka jalb etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting