«saida mirziyoyeva» tegli maqolalar


«Bu ijodkorlarning buzuq fantaziyasi». Saida Mirziyoyeva — «Sabriya» seriali haqida
19 yanvar 2022, 14:36

«Bu ijodkorlarning buzuq fantaziyasi». Saida Mirziyoyeva — «Sabriya» seriali haqida

Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Sevimli telekanalidagi «Sabriya» seriali yuzasidan munosabat bildirib, «hech qaysi filmda ayollarga nisbatan bu qadar nafrat ko‘rmaganman», — deya ta’kidladi. Qolaversa, u serialdagi ayollarga nisbatan zo‘ravonlik sahnalari va isnoddan qutulishning yagona «to‘g‘ri» yo‘li sifatida o‘z joniga qasd qilish ko‘rsatilgan epizodlar uchun ijodkorlarni tanqid qildi.

Toshkentda BMT Ayollar qo‘mitasining vakolatxonasi ochilishi mumkin
30 noyabr 2021, 18:12

Toshkentda BMT Ayollar qo‘mitasining vakolatxonasi ochilishi mumkin

Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva BMT Ayollar qo‘mitasining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Aliya Al-Yosir bilan uchrashdi. Unda Toshkentda BMT Ayollar qo‘mitasining vakolatxonasi ochish taklifi ilgari surildi.

«Bu kabi holatlar dengizdan tomchi». Saida Mirziyoyeva — universitetda talaba qizga tegajog‘lik qilingani haqida
27 oktabr 2021, 20:58

«Bu kabi holatlar dengizdan tomchi». Saida Mirziyoyeva — universitetda talaba qizga tegajog‘lik qilingani haqida

Saida Mirziyoyeva Pedagogika universitetida dekan o‘rinbosari va talaba qiz bilan bog‘liq voqeaga munosabat bildirdi. «Lekin jamoatchilikka oshkor etilayotgan bu kabi holatlar dengizdan tomchi ekanini barchamiz anglab turibmiz», — deydi u. Qo‘shimcha qilinishicha, «aybdorlar javobgarlikdan qocha olmasligi uchun bunday hodisalarning har biri jamoatchilikka oshkor qilinishi shart».

Komil Allamjonov — Saida Mirziyoyeva va Gulnora Karimovani taqqoslash haqida fikr bildirdi
7 iyul 2021, 20:09

Komil Allamjonov — Saida Mirziyoyeva va Gulnora Karimovani taqqoslash haqida fikr bildirdi

Komil Allamjonov Saida Mirziyoyevaning ba’zi tashabbuslarini Gulnora Karimovaning g‘oyalari va loyihalari bilan taqqoslash haqida fikr bildirdi. «U paytdagi xatolar bizga ko‘proq bu yo‘lda xato qilishimizga yoki ularning qilgan xatoliklari bizga bir ko‘rgazma, aslida. Biz shu xatolarni qilsak, loyihalarni shunday xatolik bilan qilsak qanday oqibatlarga olib kelishini ko‘rganmiz. Bu bizga saboq», — deya qo‘shimcha qiladi u.

«Ushbu yodgorliklar Toshkentga betakror shahar qiyofasini baxsh etadi». Saida Mirziyoyeva poytaxtdagi pannolarni saqlab qolishga chaqirdi
21 iyun 2021, 10:04

«Ushbu yodgorliklar Toshkentga betakror shahar qiyofasini baxsh etadi». Saida Mirziyoyeva poytaxtdagi pannolarni saqlab qolishga chaqirdi

Saida Mirziyoyeva «Premier Hall» kinoteatrini ta’mirlash vaqtida aniqlangan rassom Alfred Mazitovning «Kokilli qiz» pannosi atrofidagi muhokamalar ortidan shahardagi barcha mozaik pannolarni saqlab qolishga chaqirdi. «Aynan ushbu yodgorliklar Toshkentga betakror shahar qiyofasini baxsh etadigan ajoyib bir ramzdir», — dedi u. Shundan so‘ng, bino egasi panno restavratsiya qilinishini ma’lum qildi.

Xorazmda 19 yoshli kelin osilgan holda topildi
11 aprel 2021, 17:29

Xorazmda 19 yoshli kelin osilgan holda topildi

Xorazm viloyatining Shovot tumanida 19 yoshli Muxlisa Qadamboyeva osilgan holda topildi. Ijtimoiy tarmoqlarda uning homilador bo‘lgani hamda eri va uning oilasi tomonidan kaltaklab kelingani haqida ma’lum qilindi. Prokuratura ushbu xabarni o‘rganmoqda. Vaziyat yuzasidan Saida Mirziyoyeva ham munosabat bildirdi.

Komil Allamjonov «Zakovat» teledasturi yopilmasligini ma’lum qildi
15 yanvar 2021, 15:16

Komil Allamjonov «Zakovat» teledasturi yopilmasligini ma’lum qildi

«Biz Saida Mirziyoyeva bilan ushbu loyihani o‘z otalig‘imizga oldik», — deya ma’lum kildi Komil Allamjonov efirdan olib tashlangan «Zakovat» teledasturi haqida.

Xotin-qizlar va jurnalistlarga nisbatan sudlov mexanizmi erkaklar va amaldorlarga qaraganda tezkor va shiddatliroq — Saida Mirziyoyeva
11 sentabr 2020, 19:19

Xotin-qizlar va jurnalistlarga nisbatan sudlov mexanizmi erkaklar va amaldorlarga qaraganda tezkor va shiddatliroq — Saida Mirziyoyeva

“Xotin-qizlar va jurnalistlarga nisbatan sudlov mexanizmi tezkor va shiddatli bo‘lib, bor kuchi bilan ishlayotganini ko‘rish men uchun og‘ir. Erkaklar va amaldorlarga kelganda bu tizim ko‘pincha to‘xtab qoladi”, — dedi Saida Mirziyoyeva. U o‘g‘il farzandli bo‘lgani va ismi Shavkatjon ekanini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting