«samarqand» tegli maqolalar


Samarqanddagi avtobus halokatida 22 ayol jarohatlandi, davlat idoralari to‘liq ma’lumot bermayapti
13 fevral 2025, 15:05

Samarqanddagi avtobus halokatida 22 ayol jarohatlandi, davlat idoralari to‘liq ma’lumot bermayapti

Jomboyda avtobus Cobalt bilan to‘qnashib ag‘darilishi oqibatida 22 nafar ayol jabrlandi, deya xabar berdi Milliy telekanali. Biroq bir kun oldin YHXB bu ma’lumotni yashirib, faqat bir kishi halok bo‘lganini ta’kidlagan. Shifoxona marhum ayol kishi bo‘lganini bildirdi. FVV hodisa bo‘yicha munosabat bildirmadi.

Samarqand va Konyaga birodar shaharlar maqomi berildi
13 fevral 2025, 09:46

Samarqand va Konyaga birodar shaharlar maqomi berildi

Samarqand hokimi va Konya (Turkiya) meri birodar shaharlar maqomida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi protokolni imzoladi. Hozirda O‘zbekiston delegatsiyasi hokimlar uchun malaka oshirish dasturi bo‘yicha Turkiyada bo‘lib turibdi.

Samarqandda avtobus Cobalt bilan to‘qnashib ag‘darildi, bir kishi vafot etdi
12 fevral 2025, 12:28

Samarqandda avtobus Cobalt bilan to‘qnashib ag‘darildi, bir kishi vafot etdi

Jomboy tumanida ichida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus Cobalt bilan to‘qnashdi. Holat avtobus haydovchisining tezlikni me’yoridan oshirgani va tormozni keskin bosgani sabab sodir bo‘lgan. YTH oqibatda bir kishi shifoxonada vafot etdi.

Samarqandda Cobalt va yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi vafot etdi
10 fevral 2025, 10:00

Samarqandda Cobalt va yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi vafot etdi

Payariq tumanida Cobalt xavfli burilish paytida “KamAZ” bilan to‘qnashdi. Oqibatda yengil avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi shifoxonada vafot etdi.

Samarqandda yangi tug‘ilgan chaqaloq chiqindixona yaqiniga tashlab ketildi
9 fevral 2025, 08:48

Samarqandda yangi tug‘ilgan chaqaloq chiqindixona yaqiniga tashlab ketildi

Samarqand shahrida tug‘ilganiga 4−5 soat bo‘lgan qiz jinsli chaqaloq chiqindixona yaqiniga tashlab ketildi. Uni Obodonlashtirish boshqarmasi xodimi o‘lik, qo‘l va oyoqlari jarohatlangan holda topgan. Bolani kim qoldirib ketgani hozircha noma’lum.

Samarqandda yana haydovchi YPX xodimini mashinasida sudrab ketdi
6 fevral 2025, 15:38

Samarqandda yana haydovchi YPX xodimini mashinasida sudrab ketdi

Oqdaryo tumanida Cobalt haydovchisi YPX xodimini mashina eshigida sudrab ketdi. Haydovchi qo‘lga olindi va jinoiy ish ochildi. “YPX xodimidan qochib, oxiri qamoqqacha yetib keldim”, — dedi u.

Samarqandda fuqaro chinor daraxtini kesib, tabiatga 115 mln so‘m zarar yetkazdi
3 fevral 2025, 15:38

Samarqandda fuqaro chinor daraxtini kesib, tabiatga 115 mln so‘m zarar yetkazdi

Toyloq tumanida fuqaro o‘zi yashaydigan mahalladagi chinor daraxtini noqonuniy ravishda kesib tashladi. Oqibatda tabiatga 115 125 000 so‘m zarar yetkazdi. Bu ishda jinoyat alomatlari borligi sababli tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

Samarqandda Onix haydovchisi YPX inspektorini mashina kapotida sudrab qochib ketdi
3 fevral 2025, 11:39

Samarqandda Onix haydovchisi YPX inspektorini mashina kapotida sudrab qochib ketdi

Samarqand shahrida Onix haydovchisi YPX inspektorining to‘xtash talabiga e’tibor bermay, uni avtomobil kapotida sudrab qochib ketdi. Xodim yerga yiqilib jarohat oldi, haydovchi ushlandi.

Samarqandda o‘quvchi boshqaruvidagi Spark urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi
20 yanvar 2025, 08:54

Samarqandda o‘quvchi boshqaruvidagi Spark urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi

Samarqand shahrida 10-sinf o‘quvchisi boshqaruvidagi Spark piyodani urib yubordi. Oqibatda 51 yoshli erkak vafot etdi.

Samarqandda 14 yoshli qiz o‘zini 8-qavatdan tashlab halok bo‘ldi
15 yanvar 2025, 16:53

Samarqandda 14 yoshli qiz o‘zini 8-qavatdan tashlab halok bo‘ldi

Samarqand shahrida 8-sinfda o‘quvchi qiz o‘zini 8-qavat yo‘lak derazasidan tashlab halok bo‘ldi. Holatga aniqlik kiritish maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza va mas’ul idoralarga xizmat tekshiruvi tayinlandi.

Samarqandda yerusti metrosi qurilishi mumkin
14 yanvar 2025, 17:12

Samarqandda yerusti metrosi qurilishi mumkin

Samarqand shahrida 6 km uzunlikdagi yerusti metrosi qurilishi rejalashtirilmoqda. Metro yangi quriladigan “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi hududida bo‘ladi.

Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari chegaralari o‘zgartirilmoqda
14 yanvar 2025, 15:14

Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari chegaralari o‘zgartirilmoqda

Qonunchilik palatasi deputatlari Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi.

Samarqandda 5 kishi qo‘lbola spirtli ichimlikdan halok bo‘ldi
14 yanvar 2025, 00:58

Samarqandda 5 kishi qo‘lbola spirtli ichimlikdan halok bo‘ldi

Samarqand shahrida 5 nafar erkak qo‘lbola usulda yasalgan spirtli ichimlik ichish oqibatida halok bo‘ldi. Mahsulotni sotgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Samarqandda IIB katta tezkor xodimi 10 ming dollar bilan ushlangani aytilmoqda
10 yanvar 2025, 09:39

Samarqandda IIB katta tezkor xodimi 10 ming dollar bilan ushlangani aytilmoqda

Samarqand viloyati IIB katta tezkor xodimi 10 ming dollar bilan ushlangani aytilmoqda. U buning uchun ikki fuqarodan biriga jinoyat ishini tugatib berishni, ikkinchisiga esa uy qamog‘i bilan ozodlikda qoldirishni va’da qilgan.

“Afrosiyob” poyezdi endi Kattaqo‘rg‘onda to‘xtab o‘tadi
3 yanvar 2025, 21:33

“Afrosiyob” poyezdi endi Kattaqo‘rg‘onda to‘xtab o‘tadi

2025-yilda “Afrosiyob” tezyurar poyezdi Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida to‘xtab o‘tishni boshlaydi. Shuningdek, Samarqand va Kattaqo‘rg‘on o‘rtasida elektropoyezd qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Samarqand hokimligi prezident qaroriga (jamoatchilik uchun ochiq emas) tayanib ma’lum qildi.

Samarqandda “Umr tezlikdan muhim” shiori tushirilgan avtobus ayolni urib yubordi
18 dekabr 2024, 17:53

Samarqandda “Umr tezlikdan muhim” shiori tushirilgan avtobus ayolni urib yubordi

Samarqandda “Umr tezlikdan muhim” shiori tushirilgan avtobus ko‘chani kesib o‘tayotgan 35 yoshli ayolni urib yubordi. Oqibatda ayol voqea joyida halok bo‘ldi.

Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
16 dekabr 2024, 16:33

Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Zebo Saidova Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari bo‘ldi. U bunga qadar shahar hokimi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Samarqandda 23 yoshli ayol o‘zini 8-qavatdan tashlab halok bo‘ldi
13 dekabr 2024, 16:57

Samarqandda 23 yoshli ayol o‘zini 8-qavatdan tashlab halok bo‘ldi

Samarqand shahrida 23 yoshli kosmetolog va byuti-bloger Guzalya Maxmudkulova o‘zini 8-qavatdan tashlab halok bo‘ldi. Bosh prokuratura holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilayotganini bildirdi. Tarmoqlarda ayolning turmush o‘rtog‘i va uning oilasi bilan muammolari bo‘lgani aytilmoqda.

Samarqandda mayning ferma qariyb 30 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
5 dekabr 2024, 23:14

Samarqandda mayning ferma qariyb 30 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Samarqandning Ishtixon tumanida yerto‘lada joylashgan 89 ta mayning qurilmasi elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanishi oqibatida qariyb 30 mlrd so‘m zarar yetkazildi.

Samarqanddagi bog‘cha va maktablarda tegishli hujjatlarsiz bo‘g‘ma ilon tomoshalari o‘tkazilgani aniqlandi
3 dekabr 2024, 02:07

Samarqanddagi bog‘cha va maktablarda tegishli hujjatlarsiz bo‘g‘ma ilon tomoshalari o‘tkazilgani aniqlandi

Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida ikki nafar fuqaro tegishli ruxsatnoma va hujjatlari bo‘lmay turib maktab va bog‘chalarda jami 900 ga yaqin bolaga Qizil kitobga kiritilgan bo‘g‘ma ilon tomoshasi o‘tkazgani aniqlandi. Ilon olib qo‘yildi, tekshiruv harakatlari boshlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting