O‘sh shahri hokimligi Samarqand avtomobil zavodidan (SamAuto) 100 dona Isuzu SAZ LE-60 yo‘lovchi avtobusini xarid qiladi. Xarid O‘zbek-qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladi.
UzAuto Motors va boshqa kompaniyalarga avtomobillarni eksport qilishda “yo‘l xarajatlari”ni qisman qoplash uchun davlat budjetidan 200 mlrd so‘m ajratiladi. Mablag‘ni 2022-yilda utilizatsiya yig‘imini qoplash uchun ajratish rejalashtirilgan, ammo o‘shanda mablag‘ yetishmagan.
UzAuto Motors, «Jizzax avtomobil zavodi», ADM Jizzakh, Roodell va boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilar 2021 yilning birinchi yarmida jami 2,57 trln so‘mlik (240,9 mln dollar) bojxona bojlari, QQS va aksiz soliqlarini to‘lashdan ozod qilingan. UzAuto Motors avtomobillari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi boshqa korxonalar ham milliardlab so‘mlik imtiyozlardan foydalangan.
SamAuto kompaniyasi 2021−2022 yillarda elektrobuslar ishlab chiqarishni o‘zlashtirishni rejalashtirmoqda. Xitoylik BYD kompaniyasining elektrobusi — pol qismi past bo‘lgan, zinapoyalar va podiumsiz — 51-yo‘nalish bo‘ylab sinovdan o‘tkazish uchun «Toshshaxartransxizmat»ga topshirildi. SamAuto o‘z modelini ishlab chiqish uchun yo‘lovchilar va haydovchilarning fikr-mulohazalarini o‘rganadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting