Saneg neft-gaz kompaniyasi 2024-yil boshida Saneg Atom shu’ba korxonasini tashkil etdi. Kompaniya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “ushbu yo‘nalishda ishtirok etish imkoniyatlarini muhokama qilish maqsadida” O‘zbekistonda atom energetikasini rivojlantirish bo‘yicha mavjud vaziyat tahlil qilinmoqda.
Saneg Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodidagi ikkita vodorod ishlab chiqarish blokini AQShning Air Products kompaniyasiga 140 mln dollarga sotmoqda. Shartnoma hali to‘liq xususiylashtirilmagan zavod ulushini o‘tkazishni nazarda tutmaydi, deya aniqlik kiritdi Saneg mas’ullari.
Enter Engineering va Saneg xodimlari maosh oylab kechikayotgani haqida muntazam xabar beryapti. Maosh berilishini talab qilayotgan ishchilarning foto va videolari internetda ham bir necha bor tarqaldi. “Gazeta.uz” xodimlar bilan vaziyat va ularni bu kompaniyalarda nima ushlab turgani haqida gaplashdi.
2022-yilning may oyida Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodidagi 100 foiz davlat ulushi Saneg kompaniyasiga 100 mln dollarga sotilgani xabar qilingan edi. Ammo hozirda 58,5 foiz ulush davlat hisobida saqlanib qolmoqda. Davaktiv buni investor ko‘chmas mulk uchun mablag‘ni hali to‘liq to‘lamagani bilan izohladi.
UNG Petro yoqilg‘i quyish shoxobchalari va Chinoz NQIZni sotish 2024-yil ikkinchi choragi uchun investitsiya dasturiga kiritilgan. Bir necha oy oldin “O‘zbekneftgaz"dan ushbu obyektlarni boshqa kompaniya sotib olgani xabar qilingandi. Ko‘rsatilgan narx (neft uskunalari bilan birga) — 70 mln dollar.
Saneg neft-gaz kompaniyasi Italiyaning moy va moylash materiallari ishlab chiqaruvchi CGC Lubricants Italy kompaniyasini sotib oldi. Bitim Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodidagi moylar uchun formulalar, texnologiyalar va Yevropa xavfsizlik sertifikatlarini olish sohalarida tajriba almashishni o‘z ichiga oladi.
«Lukoyl» va Saneg bilan tuzilgan shartnoma shartlari gaz tanqisligiga sababchi emas, dedi energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev. U O‘zbekiston gaz va elektr energiyasi eksportini deyarli butunlay to‘xtatgani, yaqin kunlarda uzilishlar bilan bog‘liq muammolar 80 foizga hal bo‘lishini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting