Namibiya vitse-prezidenti, 72 yoshli Netumbo Nandi-Ndaitva bahsli saylovlardan so‘ng mamlakatning birinchi ayol prezidentiga aylandi. Logistik muammolar va mamlakatning ba’zi hududlarida ovoz berish uch kunga uzaytirilgani sababli aksariyat muxolifat partiyalar natijalarni boykot qildi.
Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovida O‘zbekiston bo‘ylab 1 million 15 ming 948 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz berdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovi 2024-yil 27-oktabrda o‘tkaziladi. Markaziy saylov komissiyasi saylov kompaniyasi 2024-yil 26-iyulidan boshlanishini e’lon qildi.
Turkiyadagi munitsipal saylovda 20 yil ichida ilk bor muxolif partiya g‘olib bo‘ldi. Barcha yirik shaharlar, jumladan, Anqara va Istanbulda muxolifat nomzodlari g‘alaba qozondi. Prezident Erdo‘g‘an partiyasi mag‘lubiyatga uchraganini tan oldi va xalq irodasini e’tiborsiz qoldirmaslikka va’da berdi.
Prezident Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi aralash saylov tizimi asosida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan qonunni imzoladi. Shuningdek, siyosiy partiyalar deputatlikka nomzodlar ko‘rsatayotganda ayollar sonining eng kam miqdorini nomzodlar umumiy sonining 30 foizdan 40 foizga oshirish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston prezidentining muddatidan oldin o‘tkazilgan saylovida ovoz berishning yakuniy natijalariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 87,05% ovoz bilan g‘alaba qozondi. Robaxon Mahmudova 4,43%, Ulug‘bek Inoyatov 4,02%, Abdushukur Hamzayev 3,74% ovoz to‘pladi. Buni Markaziy saylov komissiyasi tasdiqladi.
O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovi kampaniyasi 10-maydan boshlandi. MSK saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Kalendar rejani tasdiqladi. Unga ko‘ra prezidentlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish 6-iyungacha amalga oshiriladi.
Prezident O‘zbekiston davlat rahbari lavozimiga muddatidan ilgari saylov bo‘lib o‘tishini e’lon qildi. U nima uchun 3,5 yillik prezidentlik muddatidan o‘z tashabbusi bilan “voz kechayotganligini” tushuntirdi.
Qonunchilik palatasi Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha umumxalq referendumini — 30 aprel, yakshanba kuni o‘tkazishni ma’qulladi. Tegishli qarorni 134 nafar deputat qo‘llab-quvvatladi, 2 nafari betaraf qoldi, 1 nafari esa ovoz bermadi. Avvalgi referendum bundan 21 yil avval bo‘lib o‘tgandi.
Qoraqalpog‘istonning sobiq ichki ishlar vaziri Amanbay Orinbayev Jo‘qorg‘i Kengesi deputati etib saylandi.
Fransiyaning amaldagi prezidenti Emmanuel Makron mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida 58,55% ovoz bilan g‘alaba qozondi. Uning raqibi Marin Le Pen 41,45% ovoz to‘pladi.
Rossiya Davlat dumasiga o‘tkazilgan saylovlar yakunlari bo‘yicha “Yedinaya Rossiya”, KPRF, LDPR, “Spravedlivaya Rossiya” va “Noviye lyudi” yetakchi bo‘ldi. To‘qqizta ma’muriy birlikda ham hudud rahbarligiga saylovlar bo‘lib o‘tdi, aksariyat saylangan gubernatorlar hukmron partiya vakillari hisoblanadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev kelajakda viloyat, shahar va tuman hokimlarining xalq tomonidan saylanishini ta’kidladi. Shuningdek, davlat rahbari keyinchalik hokimlar xalq deputatlari kengashi raisi bo‘lmasligini ham qayd etdi. «Bu tizimni ongimizga singdirmaganimiz uchun, odamlar o‘rgansin deb uni ushlab turibman», — dedi u.
Deputat Rasul Kusherbayev davlat xizmatini isloh qilish to‘g‘risida gapirib, prokurorlar, sudyalar va ichki ishlar organlari boshliqlarining tayinlovini saylovlar orqali tashkillashtirgan bo‘lishini aytdi. «Odamlar tayyor. Xalq prezidentni, deputatni saylaydi-ku», — dedi u.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi etib Qudratilla Rafiqov bir ovozdan saylandi. Uning nomzodi Oqsoqollar kengashi tomonidan tavsiya qilindi.
Qirg‘iziston MSK ma’lumotlariga ko‘ra, takroriy parlament saylovlari dekabr oxirlarida, muddatidan oldingi prezidentlik saylovlari esa yanvar o‘rtalarida bo‘lib o‘tadi.
Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi 4 oktyabrda bo‘lib o‘tgan Jogorku kenesh saylovlaridagi ovoz berish natijalarini haqiqiy emas deb topdi. 5 oktyabrda minglab fuqarolar norozilik namoyishiga chiqib, natijalarni bekor qilishni talab qilgan edi.
Qoraqalpog‘istonda Jo‘qorg‘i Kengesning bo‘shab qolgan o‘rinlarga o‘tkazilgan deputatlar saylovi yakuniga yetdi. Qoraqalpoq parlamentidagi beshta vakant o‘rinni har bir partiyadan bir nafardan nomzod band qildi.
9 avgust kuni Belarusda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida 5 nafar nomzod ishtirok etdi. 10 avgust kuni mamlakat markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini e’lon qildi va unda 80,23% ovoz bilan amaldagi prezident Aleksandr Lukashenkoning qo‘li baland kelgani ma’lum bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting