O‘zbekistonga muddatidan oldingi prezident saylovi o‘tkazilishi munosabati bilan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi Ehtiyojlarni baholash missiyasi keldi. Missiya saylovni kuzatishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Dushanba kuni Markaziy saylov komissiyasi 5 ta siyosiy partiya — XDP, O‘zLiDeP, “Adolat”, Ekologik partiya va “Milliy tiklanish” partiyalariga 9-iyuldagi muddatidan avvalgi prezident saylovida qatnashishga ijozat berdi. Ular 1-iyungacha o‘z nomzodini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.
9-iyulda o‘tkaziladigan muddatidan avvalgi prezidentlik saylovi uchun siyosiy partiyalar o‘z nomzodlarini ilgari surdi. “Milliy tiklanish” O‘zLiDeP izidan borib, amaldagi davlat rahbari nomzodini qo‘llab-quvvatladi. “Gazeta.uz” ularning hayoti va faoliyatiga oid ma’lumotlarni bir materialga jamladi.
2021-yilgi prezident saylovida nomzod bo‘lgan Alisher Qodirov muddatidan oldingi saylovda “Milliy tiklanish” partiyasi O‘zLiDePdan ko‘rsatilgan Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatadi.
Sudyalar oliy malaka hay’ati “Adolat” partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘ladigan O‘zbekiston Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari Robaxon Mahmudovaning sudyalik vakolatlarini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari Robaxon Mahmudovani O‘zbekiston prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatmoqda.
Xalq demokratik partiyasidan partiya raisi Ulug‘bek Inoyatov prezidentlikka nomzod sifatida Qurultoyda ko‘rib chiqish uchun ma’qullandi.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi o‘z rahbari Abdushukur Xamzayevni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatishni rejalashtirmoqda. U bu lavozimda dekabr oyidan buyon faoliyat yuritadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting