Prezident Senatning avvalgi tarkibi xizmatini yuqori baholadi, shuningdek, yangi tarkib oldida turgan sakkizta dolzarb vazifani sanadi. Kengashlarni qonun ijodkorligi jarayoniga jalb qilish, ijro organlari faoliyati ustidan nazorat, korrupsiyaga qarshi kurashishda parlament nazorati shular jumlasidandir.
Kengashlarning yangi saylangan deputatlari saylovdan so‘ng O‘zbekistonning viloyat, tuman va shaharlarida amaldagi hokimlarni qayta tasdiqladi. Viloyat hokimlari kengash rahbari lavozimini tark etdi.
O‘zbekiston parlamenti quyi palatasi yangi saylangan deputatlarining o‘rtacha yoshi 3 yoshga — 49,5 yoshgacha oshdi. Yoshi eng katta partiya O‘zXDP, eng kichigi esa “Milliy tiklanish” bo‘ldi. Ayollar ulushi 32 foizdan 38 foizga o‘sdi.
Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari 7−12-noyabr kunlari o‘z deputatlari orasidan Senat a’zolarini saylash bo‘yicha majlislar o‘tkazadi. Endilikda senatorlar soni 100 emas, 65 nafarni tashkil qiladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 150 nafar deputatidan 64 nafari (42,7 foizi) quyi palataning beshinchi chaqirig‘iga qayta saylandi (avvalgi saylovda 27 foiz edi). Avvalgi chaqiriqda Senat a’zosi bo‘lganlar orasida parlament quyi palatasiga saylanganlar ham bor. “Gazeta.uz” to‘liq ro‘yxatni e’lon qiladi.
Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatida o‘tkazilgan yig‘ilishda 27-oktabrda o‘tgan parlament saylovi haqida gapirdi. “Xalqimiz sizlarning yangi g‘oya va tashabbusingizga katta umid va ishonch bilan qaramoqda. El-yurtimiz yangi parlament va mahalliy kengashlar a’zolaridan ko‘p narsani kutmoqda”, dedi prezident.
Yakshanba kungi saylovlar natijasida parlament quyi palatasi va mahalliy kengashlar tarkibi deyarli 60 foizga yangilandi. Quyi palata deputatlarining 38 foizini ayollar tashkil etdi (O‘zbekiston tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich). Unga ilk bor 3 nafar, kengashlarga esa — 138 nafar nogironligi bor shaxs saylandi.
O‘zbekistonda 27-oktabr kuni o‘tgan deputatlik saylovlarida bir kishiga bir qancha byulleten bergan Dang‘ara tumanidagi 541-saylov uchastkasi saylov komissiyasi a’zosi sudlandi. Sud unga 375 ming so‘m jarima jazosini tayinladi.
Markaziy saylov komissiyasi yagona saylov okrugi bo‘yicha Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi natijalarini tasdiqladi va siyosiy partiyalar o‘rtasida 75 deputatlik mandatini taqsimladi.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov poytaxtdagi 531-sonli saylov uchastkasida ovoz berdi. Parlament deputatligiga nomzodi ko‘rsatilgan vazirga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining mavqeini jamiyat oldida yuksaltirish zarur. “Deputatda aynan siyosiy tafakkur yuqori bo‘lishi shart, deb o‘ylayman”, — dedi u.
Saylov kuni uchastka saylov komissiyalarida ayrim kamchiliklar qayd etildi: pasportning telefondagi rasmi asosida ovoz berish imkoniyati, kabinalarda bir vaqtda bir necha kishi bo‘lgani va boshqalar. Zayniddin Nizomxo‘jayevning aytishicha, holatlar o‘rganildi va ular saylovning umumiy natijasiga ta’sir qilmaydi.
MSK raisi dunyo bo‘ylab onlayn ovoz berish tizimida uning xavfsizligi, shaxsiy ma’lumotlarni ochiqlamasdan ovoz berish dasturlari hali yetarli darajada ishlab chiqilmaganini ma’lum qildi. “Agar umume’tirof etilgan moslamalar bo‘lsa, keyingi saylov jarayonlarida qo‘llash rejamiz ham yo‘q emas”, — dedi u.
O‘zbekistonda 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan deputatlik saylovlarining dastlabki natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zLiDeP — 64 ta, “Milliy tiklanish” — 29 ta, “Adolat” — 21 ta, XDP — 20 va Ekopartiya esa 16 ta o‘ringa ega bo‘ldi.
Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi rahbari Akmal Burxanov saylov uchastkasiga qizi bilan birga keldi. “Gazeta.uz” bilan suhbatda u nima uchun saylovda qatnashayotgani, parlament ishidan qanchalik qoniqish hosil qilayotgani va uning yangi tarkibidan nimalar kutayotganini aytib o‘tdi.
“Gazeta.uz” muxbirlari Toshkentdagi 621-saylov uchastkasida ovoz berishning yakunlanishi va undan keyingi sanoq jarayonini qisman kuzatdi. Sanoqqa kirishgach, uchastka saylov komissiyasi a’zolari muxbirlardan muassasani tark etishni so‘radi.
“Gazeta.uz” muxbiri saylov komissiyasi a’zolari bilan birga Toshkentdagi o‘zgalar parvarishiga muhtoj ikki saylovchining xonadonida bo‘ldi. Umuman, O‘zbekistonda ovoz berish uchun saylov uchastkasiga mustaqil ravishda kela olmaydigan jami 46,3 ming saylovchi ro‘yxatga olingan edi.
Deputatlikka saylovlarda soat 17:00 gacha 14 milliondan ortiq fuqaro ovoz berib bo‘ldi. Ular orasida to‘yi saylov kuniga to‘g‘ri kelgan kelin-kuyovlar, yoshi 100 dan oshgan otaxonu onaxonlar ham bor. “Gazeta.uz” ularning ayrimlarini imkon qadar bir sahifaga jamladi.
O‘zbekistondagi deputatlik saylovlarida soat 17:00 holatiga ko‘ra, 19,9 mln nafar saylovchidan 14,2 mln nafari yoki 71,52 foizi ovoz berishda ishtirok etdi. Eng past davomat Toshkent shahrida — 62,39 foiz.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan saylovchilar soni 831 mingdan ortiq. Ular saylovda ishtirok etishi uchun uchastkalarda maxsus kabinalar tashkil etilgan. “Gazeta.uz” muxbirlari Toshkentdagi sharoitlar bilan tanishdi.
Oliy sud vakili deputatlik saylovlarida Toshkent shahri va Samarqand viloyatida saylov qonunchiligi buzilishi yuzasidan ikkita ma’muriy ish ko‘rib chiqilganini ma’lum qildi. Bitta holatda fuqaro jarimaga tortilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting