BBC Travel global media portali O‘zbekistonni 2025-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi manzillar ro‘yxatiga kiritdi. “Mamlakat sayyohlarni jalb qilish maqsadida yangi poyezd yo‘nalishlari, ichki reyslar va madaniy obyektlarga investitsiya kiritmoqda”, — deyiladi hisobotda.
Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida “Ipak yo‘li” temiryo‘l sayohati turi yo‘lga qo‘yiladi. “Olmaota — Turkiston — Toshkent — Olmaota” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi reys 2024-yil 16-noyabr kuni yo‘lga chiqadi. 4 kunlik tur sayyohlarga Buyuk Ipak yo‘li izlari bo‘ylab sayohat qilish imkonini beradi.
O‘zini Sharq va G‘arb o‘rtasidagi ko‘prik sifatida namoyon qiluvchi Gruziya noyob arxitekturasi, milliy taomlari va qiziqarli an’analari bilan ajralib turadi. Iyunda “Gazeta.uz” muxbiri Nurulloh Sharipov Kavkazning ushbu go‘zal mamlakatida bo‘ldi. Sayohat Easybooking kompaniyasi yordamida amalga oshirildi.
Dubay — kichik baliqchilar qishlog‘idan osmono‘par binolar markaziga aylangan megapolis, turli millat vakillarini o‘zida jamlagan dunyo poytaxti, BAAning Fors ko‘rfazi qirg‘og‘idagi eng yirik shahri. Yaqin Sharqdagi eng yirik tijorat va sayyohlik makonidan “Gazeta.uz” muxbiri reportaj tayyorladi.
Konditsionerli ko‘chalar, mashinistsiz metro, Safari, sun’iy Venetsiya shahri va albatta Qatar milliy muzeyi: “Gazeta.uz” muxbiri Mushtariy Oqboyeva O‘zbekistondan 40 marta kichikroq davlat — Qatar poytaxtiga sayohat qilib, “cho‘l ustidagi hashamat”ning e’tiborga molik maskanlarini fotokamera obyektiviga muhrladi.
O‘zbekistonliklarning 248,3 ming nafari 2023-yilning yanvar-iyun oylarida dam olish maqsadida xorijga safar qilgan.
O‘zbek me’mori loyihalashtirgan Yevropadagi eng katta masjid, osmono‘par binolar, tarixga boy maskanlar, go‘zal ko‘chalar va ko‘rkam bog‘lar — “Gazeta.uz” muxbiri Shohruh Haydarov Checheniston poytaxti Grozniyga sayohati davomida ko‘rgan-kechirganlari haqida hikoya qiladi.
2023-yilning dastlabki 5 oyida 1,6 mln nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga chiqdi. Statistika agentligi fuqarolar asosan qarindoshlarini yo‘qlash va dam olish maqsadida safarga chiqayotganini ma’lum qildi.
Statistika agentligi O‘zbekistonga yanvar-may oylarida 2,6 mln nafar sayyoh kelgani, ularning eng ko‘pi Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiyadan ekanini ma’lum qildi. Sayyohlarning 2,1 mln nafari (81,5%) mamlakatga piyoda kelgan.
“Gazeta.uz” respublikada mavjud memorial muzeylar haqida ko‘plab maqola va fotoreportajlar tayyorlagan. 18-may — Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan tahririyat ana shu tarixiy manzillarga virtual sayohat qilishga taklif etadi.
Yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga kelgan sayyohlar oqimi qariyb uch barobarga oshib, 871 ming kishini tashkil etdi. Ularning 90 foizdan ortig‘i Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, Rossiyadan kelgan.
O‘zbekistonlik sayyohlar soni yil davomida ikki baravarga ko‘payib, 5,16 mln kishiga yetdi. Sayohatlar uchun eng mashhur yo‘nalishlar Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston davlatlari bo‘ldi.
Ben va Suazik Fransiyaning Fujer shahridan bo‘lib, to‘rt yildan beri o‘z farzandlari va ikkita iti bilan uyga aylantirilgan o‘t o‘chirish mashinasida dunyo bo‘ylab sayohat qilishmoqda. Ular unga “Marusya” deb nom berishgan. O‘zbekiston ularning to‘xtash joylaridan biri bo‘ldi. “Gazeta.uz” ular haqida so‘zlab beradi.
O‘zbekiston mediamakonida Gruziyaga qiziqish va sayohat qilish ko‘p muhokama qilinadigan mavzulardan biriga aylanmoqda. «Gazeta.uz» ushbu qiziqish nega ortayotganligi, Gruziyaning o‘ziga xos tomonlari va undan nimalarni o‘rganish mumkinligi haqidagi savollarga u yerga sayohat qilganlardan javob oldi.
Har qishda sayohatchi Sharof Egamberdiyev va uning jamoasi dunyoning turli burchaklaridagi to‘rt-besh ming metrlik yozgi ko‘tarilishlarga tayyorgarlik ko‘rishadi. Atrofni ko‘rishning umuman iloji yo‘qligiga, qor bo‘roni va kuchli sovuqqa qaramay, jamoa Toshkent viloyatidagi 3100 metrlik cho‘qqiga ko‘tarildi.
Natasha va Lyuda — Smolensk viloyatidan bo‘lgan opa-singillar. 2019 yilda ular ishdan bo‘shash uchun ariza yozib, iti Yuni o‘zlari bilan olib, Markaziy Osiyo bo‘ylab ko‘p oylik velosayohatiga chiqdilar. Ularni barqaror ish joyini velosiped egariga, issiq orom ko‘rpalarni sayyohlik chodiriga almashtirishga nima majbur qildi va uyni yo‘lda his qilish nima ekanligi haqida — “Gazeta.uz” materialida.
2019 yil iyun oyida sayohatchi Sharof Egamberdiyev jamoasi sirli Po‘latxon platosiga o‘quv mashg‘ulotlari uchun yo‘l olishdi. Iroda va sabot sinovlari qanday o‘tdi va bu joy nima uchun kishini o‘ziga tortadi — “Gazeta.uz” maqolasida.
Sentyabr oyida sayohatchi Sharof Egamberdiyevning jamoasi sarguzashtlarni sevuvchilar bilan birgalikda Toshkent viloyatidagi tog‘li vodiyga yo‘l oldilar. Safar iqlim sinoviga aylandi — harorat -22°C ga tushdi. Ekstremal ob-havo sharoiti ustidan qozonilgan g‘alaba badali — “Gazeta.uz” materialida.
Yilda atigi ikki oy davomida O‘zbekistondagi Chotqol tizmasining eng baland qismida joylashgan ulkan Zikirko‘l ko‘li muz qatlam bilan qoplanmaydi. U tomon yo‘l baland tog‘lar va qoyatoshlar orqali o‘tadi. Avgust oyida sayohatchi Sharof Egamberdiyev bu yerlarga sayohatga chiqdi.
Navqiron Temur haqidagi afsonada aytilishicha,u buyuk sarkarda bo‘lishidan oldin Qashqadaryo viloyatidagi Qal’ai Sheron darasidagi baland tog‘li g‘orda bo‘lajak janglar uchun o‘z qo‘shinini mashq qildirardi. Sayohatchi Sharof Egamberdiyev 600 yildan so‘ng Temur g‘origa ekspeditsiyani amalga oshirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting