O‘zbekistonda xorijda ishlab chiqarilgan pivo hamda tabiiy va ko‘piklanadigan vinolarni reklama qilish yuzasidan cheklov bekor qilinishi mumkin. Senat “Reklama to‘g‘risida”gi qonunni Jahon savdo tashkilotining bitimlariga moslash ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi.
Senat 19-yanvardagi yig‘ilishda huquq-tartibot idoralari xodimlari faoliyatiga oid foto va videolarni “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatganlik uchun jazoni nazarda tutuvchi o‘zgartirishni ko‘rib chiqmadi. Biroq yuqori palata qonunni tez orada ko‘rmasa, u Senatni chetlab o‘tib, prezidentga yuboriladi.
Senatorlar O‘zbekistondagi bir qancha qonunlarni Jahon savdo tashkilotining “Intellektual mulk huquqlarining savdo yo‘nalishlari bo‘yicha Bitim” talablariga uyg‘unlashtirish ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi.
Senatorlar Oliy Majlis palatalari faoliyatiga oid qonunlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish bo‘yicha qonunni ma’qulladi. Unga ko‘ra, Senat a’zolari soni 100 tadan 65 taga qisqaradi, ularning 9 nafarini prezident tayinlaydi, Qonunchilik palatasi va Senat o‘zini o‘zi tarqatib yubora oladi.
Senat qo‘mitasi OAV va blogerlar ishtirokida Qonunchilik palatasi qabul qilgan va yaqinda Senat ham ko‘rib chiqishi kutilayotgan huquq-tartibot idoralari xodimlari foto va videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” internetda tarqatganlik uchun jazo haqidagi normani muhokama qildi. Batafsil.
Senator Bojxona qo‘mitasi kontrabandani aniqlash bo‘yicha ko‘plab tadbirlar o‘tkazilgani haqida xabar bergan bo‘lishiga qaramay, bayram kunlari aholi tomonidan pirotexnika vositalarining keng qo‘llangani yuzasidan qo‘mitaga so‘rov yubordi.
2024-yilgi davlat budjetidan har bir yetim bolaga sotib olinadigan bir xonali kvartira uchun 137,5 mln so‘m ajratilishi belgilangan. Senator bu pulga hatto chekka hududlarda ham kvartira topish qiyinligini aytdi. Vazir Jamshid Qo‘shqorov bu masala ko‘rib chiqilib, o‘zgartirish kiritilishini ta’kidladi.
Senatda ma’qullangan qonunga ko‘ra, daraxtlarni noqonuniy kesgan fuqarolar 8,5 million so‘mdan 25,5 million so‘mgacha, mansabdorlar esa 17 million so‘mdan 34 million so‘mgacha jarima yoki 15 sutkalik qamoq jazosi bilan jazolanadi. 1 tup daraxt kesgan shaxs uning o‘rniga 100 tup daraxt ekishi belgilanmoqda.
Qurilish sohasida ish o‘rinlarini qonuniylashtirish uchun 1-apreldan ayrim obyektlarni qurish uchun zarur bo‘lgan ishchilar soni me’yorini joriy etish rejalashtirilmoqda, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov. Unga ko‘ra, bu birinchi bosqichda davlat budjetidan moliyalashtiriladigan qurilishlarga qo‘llaniladi.
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish maqsadida naqd pul muomalasini qisqartirish bo‘yicha prezident qarori loyihasi tayyorlanganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap ayrim to‘lovlarni faqat bank kartalari orqali to‘lash haqida bormoqda.
Senatda O‘zbekiston konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining cheklangan miqdori 3 foizdan 5,5 foizga o‘zgartirish ko‘zda tutilgan qonun qabul qilindi.
Senatorlar davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. budjet daromadlari 375,0 trln so‘m miqdorida, xarajatlari esa 427,6 trln so‘m miqdorida rejalashtirilgan holda konsolidatsiyalashgan budjet 52,6 trln so‘m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 4 foiz miqdoridagi taqchillik bilan shakllantirildi.
Senat raisi Tanzila Narbayeva poytaxtning qator ko‘chalaridagi ko‘priklar (yerusti piyodalar o‘tish joylari)da lift va eskalatorlar ishlamayotgani yoki umuman mavjud emasligini tanqid qildi. Avvalroq “Gazeta.uz” yerusti piyodalar o‘tish joylari muammolari haqidagi videomaterialini e’lon qilgandi.
O‘zbekiston bo‘ylab 11 oy davomida daryo o‘zanlarida qum-shag‘al qazib olish oqibatida 58 ta jinoyat ishi qo‘hg‘atilgan. Ushbu faoliyat sabab tabiatga 61,5 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan. Senatda shu yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari muhokama qilindi.
Senatda ma’qullangan qonunga ko‘ra, endi nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlaridan foydalanishda 50 foizlik chegirma qo‘llanadi. Qonun bilan Intellektual mulk agentligining vazifalari Adliya vazirligiga yuklatilmoqda.
Senat ma’qullagan qonunga ko‘ra, Jinoyat kodeksida shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun ham javobgarlik belgilanmoqda. Qonunda IMEI bilan bog‘liq huquqbuzarliklar va kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun tegishli javobgarlik nazarda tutilmoqda.
Senatorlar Qonunchilik palatasi saylovi aralash saylov tizimi asosida o‘tkazilishini nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Shuningdek, siyosiy partiyalar deputatlikka nomzodlar ko‘rsatayotganda ayollar sonining eng kam miqdorini nomzodlar umumiy sonining 30 foizdan 40 foizga oshirish rejalashtirilmoqda.
Senatorlar Surayyo Rahmonovani O‘zbekiston bolalar ombudsmani lavozimiga sayladi. Uning nomzodi prezident tomonidan ko‘rsatilgan va Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlagandi.
Senatorlar o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi qonuni ma’qulladi. Qonunga yo‘lning ta’mirlash ishlari vaqtida qatnov qismining ko‘pi bilan 50 foizi cheklanishi, pulli to‘xtab turish joylariga doir talablar kabi qo‘shimchalar kiritilgan.
Senatning navbatdagi yalpi majlisida “Probatsiya to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi. Qonun bilan probatsiya nazoratidagi shaxslarning huquqiy holati, ularga nisbatan elektron kuzatuv vositasini qo‘llash masalalari tartibga solinmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting