Oliy Majlis Senatida Xorazm viloyatidan bo‘shab qolgan o‘ringa 2022-yil dekabridan beri viloyat hokimi sifatida ishlab kelayotgan Jo‘rabek Rahimov saylandi.
Oliy Majlis Senatida Sirdaryo viloyatidan bo‘shab qolgan o‘ringa viloyat hokimi Akmal Mahmudaliyev saylandi.
Senator Gulnora Marufova O‘zbekistonda xotin-qizlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik holatlari kamaygani, ammo ruhiy va iqtisodiy zo‘ravonlik ortganini ma’lum qildi. «Bunda, albatta, qonun bo‘yicha ishlar olib borilyapti, jamiyatimiz ham befarq bo‘lmay, nafrat bilan munosabat bildiryapti», — dedi u.
27 yoshida senatorga aylangan afg‘onistonlik Fotima Paymon siyosat maydoniga shunchaki omadi yurishganidan kirib kelmagan. Tarixi qiziq va og‘riqli. To‘rt yoshida “Tolibon” zulmidan oilaviy qochib, Pokiston, so‘ng Avstraliyadan boshpana topgan qiz bugun qit’adagi eng yosh va hijobli yagona siyosatchidir.
Senator Qutbiddin Burxonov avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha prezident qarori ijrosida qator kamchiliklar kuzatilayotganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, maktab o‘quvchilariga yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish ishlari ham talab darajasida emas.
Senator Baxtiyor Sayfullayevning fikricha, «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinganiga qariyb 15 yil bo‘ldi, unda 10 dan ortiq havolaki norma mavjud. Qolaversa, unda bolani tarbiyalash bo‘yicha majburiyatlar ham nazarda tutilmagan. Shu bois, qonunni qayta ko‘rib chiqish taklif etilmoqda.
O‘zbekistonda 2021 yilda 910 ming nafar chaqaloqdan 170 ming nafari asoratli homiladorlik bilan tug‘ildi, deb ma’lum qildi senator Diloram Tashmuxamedova. Uning so‘zlariga ko‘ra, yoshlar va ularning ota-onalari nikohni qayd etish oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tishga jiddiy e’tibor qaratmayapti.
Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov mutloq ko‘pchilik ovoz bilan Oliy Majlis Senati a’zosi etib saylandi. Avvalroq Adliya vaziri Ruslanbek Davletov nima uchun hokimlar Senat a’zosi etib saylanishi mumkinligini tushuntirgan edi.
Senatning mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi «huquqiy bo‘shliq"lar mavjud bo‘lgan qurol to‘g‘risidagi qonunchilikka o‘zgartish kiritishni ko‘rib chiqmoqda, deya qayd etdi senator Farhod Boqiyev. Qurol va o‘q-dorilar muomalasi ustidan davlat nazorati funksiyalarini Milliy gvardiyadan ichki ishlar organlariga o‘tkazish, qolaversa, o‘qotar bo‘lmagan qurol muomalasi qoidalarini buzish uchun javobgarlik belgilash ko‘zda tutilmoqda.
Senator Baxtiyor Sayfullayev to‘y o‘tkazishda karantin qoidalarini buzgan artistlar faqatgina jarima bilan qutulib ketmasliklari kerak, deb hisoblaydi. Madaniyat vazirligiga senator so‘rovi yuborildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting