Seulda parlament atrofidagi ko‘chalarda odamlar prezident harbiy holat e’lon qilganidan beri eng katta mitingga yig‘ildi. U yerda tez orada Yun Sok Yol impichmenti uchun takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.
Dekabr boshida Koreya Respublikasi prezidenti harbiy holat e’lon qildi, keyin esa jamoatchilik bosimi ostida uni bekor qildi. “Gazeta.uz” ushbu mamlakatda yashovchi o‘zbekistonliklar bilan siyosiy voqealar ularning hayotiga qanday ta’sir qilgani haqida suhbatlashdi.
Seulda harbiy holat e’lon qilinib, bekor qilingandan keyin vaziyat tinch. Parlament binosi oldida kechasi boshlangan namoyish davom etmoqda. Odamlar prezidentni iste’foga chiqishga chaqiruvchi plakatlarni ushlab turibdi. Koreya Respublikasi poytaxtidan ayni daqiqalarda olingan suratlar.
Janubiy Koreyaning Korean Air aviakompaniyasi 1-martdan Seul — Toshkent — Seul yo‘nalishi bo‘yicha reyslarni to‘xtatadi. Parvozlar 2008-yilda boshlangandi. Kompaniya vakolatxonasining xabar berishicha, bunga yo‘lovchilar oqimining kamligi sabab bo‘lgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Seul shahrida sodir bo‘lgan tiqilinchda eng kamida 153 kishi halok bo‘lgani munosabati bilan Janubiy Koreya prezidentiga ta’ziya yo‘lladi. O‘zbekiston TIV hodisa sabab yana bir o‘zbekistonlik jarohat bilan shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston prezidenti «Yashil o‘sish va global maqsadlar uchun hamkorlik — 2030» (P4G) xalqaro sammitida ishtirok etdi. Shavkat Mirziyoyev mintaqada iqlim o‘zgarishlari ta’sirida transchegaraviy daryolar oqimi va biologik xilma-xillik qisqarayotgani bo‘yicha xavotirda ekanligini ma’lum qildi. U «yashil iqtisodiyot»ni barpo etishga yoshlarni jalb etish bo‘yicha maxsus dasturni amalga oshirish tashabbusini ilgari surdi.
JSST AstraZeneca vaksinasini qo‘llashga ruxsat bergani, Bayden muhojirlarni AQSHga noqonuniy kirishga urinmaslikka chaqirgani, Qozog‘istonda aholining 60 foizi «Sputnik V» va mahalliy vaksina bilan emlanishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting