Shahrisabz tumanida tomog‘i shishganidan shikoyat qilib xususiy poliklinikaga borgan 28 yoshli ayol olgan muolajasidan so‘ng vafot etdi. Ma’lum bo‘lishicha, shifokor unga “Seftriakson” antibiotigi va “Deksametazon” preparati aralashmasidan in’eksiya yuborgan. Hozirda o‘lim holati bo‘yicha tergov ishlari ketmoqda.
10−15-oktabr kunlari Shahrisabz va Xiva shaharlarida havo sharlari festivali o‘tkazildi. “Musaffo osmon” shiori ostida bo‘lib o‘tgan tadbirda jami 20 ta havo shari uchirildi. Ular 500 metrdan 900 metrgacha bo‘lgan balandlikka ko‘tarildi. Festivalda chet eldan kelgan aeronavt sportchilar ham qatnashdi. Foto.
Shahrisabz shahrida hokim yordamchisi kompaniyalar rahbarlari bilan birga fuqarolar nomiga 1 mlrd 173,6 mln so‘m kredit rasmiylashtirib, ularni talon-toroj qilgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Shahrisabzda 14 yoshli qizni 7 oy qullikda saqlab, turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlagan ayol va uning sheriklariga sud hukmi o‘qildi. Ayol JKning ikki moddasi bo‘yicha 7,5 yilga, ikki erkak uch modda bilan 9 yilga qamaldi. Bu kabi jinoyatlar uchun jazo yumshatilmaydi, deb yozdi bolalar ombudsmani.
Prezident Shahrisabz shahri va tumanida turizm klasteri tashkil etishni buyurdi. Bu uchun 240 mlrd so‘mga yo‘llarni ta’mirlash, 115 milliard so‘mga G‘elon qishlog‘ida infratuzilma yaratish rejalashtirilgan. U yerda 3000 gektar maydonda tog‘-chang‘i kurorti qurilishi boshlandi.
Qashqadaryoda fuqaro shifoxonadagi 2 yoshli farzandi vafot etganini aytgan jarrohni urdi. “Otasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuzimga musht bilan urdi. Hushimni yo‘qotdim, qolganini to‘liq eslolmayman”, — deydi shifokor. Bolaning onasi eri bu ishni asabiy holatda qilganini aytib, shifokordan “to‘g‘ri tushunish”ni so‘radi.
Shahrisabz shahrida faxriy sambochi To‘ra Avloqulov qo‘lbola usulda yasalgan quroldan olgan jarohati oqibatida vafot etdi. Unga kafeda mast holdagi tanishi 50 ming so‘m ortidan kelib chiqqan janjal sabab o‘q uzgan. Gumonlanuvchi voqea joyidan qochmoqchi bo‘lganida IIB tezkor xodimlari tomonidan ushlandi.
Bolalar ombudsmani Qashqadaryoda 7 oy davomida jinsiy qullikda saqlangan 14 yoshli qiz bilan uchrashdi. Hozirda qizning ahvoli barqaror ekani, psixolog u bilan muntazam ishlayotgani ta’kidlandi. Jarayon ustidan kuzatuv davom ettiriladi.
Shavkat Mirziyoyev Shahrisabz aeroportida aviaqatnovlar qayta tiklanishini ma’lum qildi. Aeroportga yangi ATR samolyoti parvozlari yo‘lga qo‘yilib, Samarqand, Buxoro, Xorazm va vodiy viloyatlariga mahalliy reyslar ko‘paytiriladi.
Bayram kunlarida yo‘lovchilarni tashish maqsadida 17−23 mart kunlari Samarqand-Toshkent va 20−21 mart kunlari Toshkent-Qarshi yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Qolaversa, 20 martdan Shahrisabz-Samarqand yo‘nalishida tezyurar yo‘lovchi poyezd harakati ish boshlaydi.
Shahrisabzda hokim yordamchisi o‘zi ta’sischiligidagi MCHJga 162 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit olib, ushbu mablag‘larni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Unga nisbatan JKning 3 ta moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
IHT Turizm vazirlarining IV yig‘ilishi yakuniga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahri tashkilotning 2024-yildagi turizm poytaxti etib tasdiqlandi.
Shahrisabzda o‘quvchi qizlar yupun kiyingan holda hokimiyatning kechki tadbiriga jalb qilindi. XTV holatni hududdagi har bir mutasaddining aybi deya hisobladi. Shahar hokimligi esa qizlar ota-onalarning taklifi bilan tadbirda raqs tushganini bildirib, bu ularga «achchiq saboq bo‘lganini» ma’lum qildi.
Joriy yilda Navoiy viloyatining Karmana, Qashqadaryoning Shahrisabz shahri va Kitob tumanida markaziy oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha olti yillik loyihalar boshlanadi. Ularning umumiy qiymati 119 mln yevroni tashkil etadi, shundan 105 mln yevrosi Fransiya taraqqiyot agentligi tomonidan kredit shaklida taqdim etilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting