Prezident Andijondagi yig‘ilishda aholisi 100 mingdan oshadigan Asaka va Shahrixon shaharlari viloyat bo‘ysunuviga o‘tkazilishini ma’lum qildi. Shuningdek, Andijon, Asaka va Shahrixon shaharlarida urbanizatsiya dasturi amalga oshiriladi va ipoteka dasturi uchun viloyatga qo‘shimcha 100 mln dollar ajratiladi.
Toshkent, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanganlikda gumonlangan besh nafar shaxs qo‘lga olindi. Ular jami 9100 dollarni 100 mln so‘mga sotishga urinishgani aytilmoqda. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting