O‘zbekistonda aksiz solig‘ini tarkibida shakar bo‘lgan barcha gazsiz ichimliklar, jumladan, shirin choylar, meva sharbatlari va kompotlarga ham joriy etish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, shirinlashtiruvchi va xushbo‘ylashtiruvchisi bo‘lgan boshqa gazli ichimliklar uchun stavkani kamaytirish taklif etilmoqda.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslarning xaridlari uchun QQS qaytarib beriladigan tovarlar ro‘yxatiga un, shakar, dori vositalari va tibbiy xizmatlar ham kiritildi.
1-apreldan tarkibida shakar bo‘lgan gazlangan ichimliklar litri uchun 500 so‘m, energetik ichimliklar uchun 2000 so‘m miqdorida aksiz solig‘i joriy etiladi. Avvalroq ichimlik ishlab chiqaruvchilar ularning investitsion rejalariga ta’sir qiluvchi bu chora oldindan muhokama qilinmaganiga e’tiroz bildirgandi.
O‘zbekistonda shakarning chakana narxi ichki bozorlarda yil boshiga nisbatan 10 foizga arzonlashdi. Yanvar-iyun oylarida birja savdolariga jami 336,7 ming tonna shakar qo‘yilib, uning 83 foizi sotilgan.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mamlakatda zarur darajada shakar mavjudligi va hech qanday xavotirga o‘rin yo‘qligini bildirdi. Unga ko‘ra, shakar xomashyosi Braziliyadan jahon narxiga nisbatan arzonroq xarid qilinmoqda, ehtimoliy xavf-xatarlar hukumat nazoratida.
Birjadagi uch savdo kuni yakunlari bo‘yicha shakarning o‘rtacha narxi 26,1 foizga — 1 kg uchun 10,7 ming so‘mgacha tushdi. Shu bilan birga, shakar zavodlari mazkur davrda taklif hajmini oshirmadi.
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi shakar narxi o‘sishiga munosabat bildirib, bunga asosan logistikadagi muammolar va yoqilg‘i narxlarining o‘sishi ta’sir qilayotganini qayd etdi. Shunga qaramasdan, respublikada shakar tanqisligi mavjud emasligi, yil yakunigacha yetarli darajada zaxiralar yaratilgani ta’kidlanmoqda.
«Shakar zavodlarimiz ishlashi uchun xomashyoni Braziliyadan keltirar edik. Afsuski, hozirgi ayrim siyosiy vaziyatlar tufayli yo‘llar yopilib qolib, ishlar to‘xtadi», — deya ma’lum qildi prezident. U neft mahsulotlari 50 foiz, o‘simlik yog‘i esa 70 foizga qimmatlashganini qayd etdi. Shavkat Mirziyoyev narx oshishi va inflyatsiyaning odamlar hayotiga salbiy ta’sirining oldini olish uchun yanada ko‘proq harakat qilish kerakligini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev Jizzax, Samarqand hamda Toshkent shahrida zaxiralar o‘z vaqtida tarqatilmagani sababli, shakar narxi keskin oshganini tanqid qildi. «Ushbu hududlarning hokimlari va prokurorlari qayoqqa qaragan?», — dedi u. Ta’kidlanishicha, Ramazon oyida narxlarning barqarorligini ta’minlash uchun tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatiladi.
Oxirgi ikki savdo kunida shakarning birja narxi qariyb 30 foizga — 8735 so‘mgacha arzonlashdi. Xorazm shakar zavodi vakili narxlarning oshishida «vahima ichida katta hajmdagi mahsulotlarni sotib olib, narxlarning sun’iy ravishda oshishiga sabab bo‘lgan» tadbirkorlarni aybladi.
18 mart kuni birja auksionlarida shakarning o‘rtacha qiymati o‘tgan kunga nisbatan 15,3 foizga — 1 kg uchun 11 921,9 so‘mdan 10 101,3 so‘mga arzonlashdi. Shu kuni 2100 tonna shakar sotildi. Xaridorlar soni ham ortdi.
Mart oyi boshidan beri birja savdolarida shakar narxi 21,6% ga ko‘tarilib, bir kilogrami uchun 10 ming so‘mdan ziyodga yetdi. Vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida shakar zavodlari tomonidan birja savdosiga qo‘yiladigan shakar hajmi o‘rtacha 30 foizga oshirildi. Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda, mamlakatlar rasmiylarining ma’lum qilishicha, spekulyatsiyalar va sun’iy ravishda yuzaga keltirilgan tanqislik natijasida mazkur mahsulotga bo‘lgan talab borasida ajiotaj kuzatilmoqda.
14 mart kuni Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin shakar va don eksportini vaqtincha taqiqlash bo‘yicha farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, shakar mahsulotlari eksporti 31 avgustgacha amal qiladi. Shuningdek, don mahsulotlarini YeOII mamlakatlariga olib chiqish ham 30 iyungacha taqiqlandi. Shakar eksportining cheklanishi O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri (biroq oz miqdorda) ta’sir qilsa, don eksportining cheklanishi Qozog‘iston orqali bilvosita ta’sir qilishi mumkin.
Proteksionizm har doim ta’kidlanganidek, yomon va zararli qaror. Uning qanchalar zararli ekanligini 2020−2021 yilgi shakar bozoridagi tendensiyalardan ham ko‘rish mumkin. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish iste’molchilarning kambag‘allashishiga olib kelishi haqida — «Gazeta.uz» kolumnisti Mirkomil Xolboyev maqolasida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting