O‘zbekistonda elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha namunaviy shartnomaga o‘zgartirishlar kiritilishi rejalashtirilmoqda. Ular aholi va tadbirkorlarga elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar oqibatida ko‘rgan zarari uchun sud orqali kompensatsiya undirish imkonini beradi.
UzAuto Motors kompaniyasi xaridorlar tomonidan “sotuvga” joylanayotgan shartnomalar monitoringini olib borayotgani va ularning maxsus ma’lumotlar bazasini shakllantirilishini ma’lum qildi. Kompaniya xaridorlardan uchinchi shaxslardan to‘lov qilinmagan avtomobil shartnomalarini “sotib olmasliklikni” so‘radi.
UzAuto Motors bir xaridorga 10 talab shartnoma berilgani haqidagi ma’lumotni rad etib, shartnoma tuzish bilan bog‘liq boshqa “tasdiqlanmagan va provokatsion” xabarlarga izoh berdi. Kompaniyaning fikricha, bu gap-so‘zlar mijozlar orasida shov-shuv ko‘tarish maqsadida tarqatilmoqda.
UzAuto Motors 25-maydan boshlab Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarining yangilangan komplektatsiyalari uchun shartnoma berishni boshlanishini ma’lum qildi. Shartnoma uchun ochiq bo‘lgan avvalgi komplektatsiyalarning narxi o‘zgarishsiz qolishi aytilmoqda.
UzAuto Motors 4 yanvar kuni avtomobillar uchun shartnoma tuzishni vaqtincha to‘xtatgandi. Xabar berilishicha, kompaniya Tracker, Malibu va Equinox uchun shartnoma berishni qayta tiklagan.
Rasul Kusherbayev UzAuto Motors avtomobillari uchun 85 foizlik oldindan to‘lov miqdorini pasaytirish bo‘yicha hukumatga takliflar tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Deputat «Gazeta.uz» ga bergan intervyusida oldindan to‘lov ko‘pi bilan 50% bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. «Hali ko‘rsatilmagan xizmat va xarid qilinmagan tovar uchun oldindan to‘lov qilinishi mantiqsiz o‘zi», — dedi u.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting