Prezidentning u yoki bu hududga tashrifidan oldin, u haqiqiy holatni juda yaxshi bilishini ta’kidlab, buni qilmaslikka chaqirgan bo‘lsada, keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari olib boriladi. Ushbu amaliyot hanuz davom etmoqda. «Gazeta.uz» Uchtepa tumani prezidentning tashrifiga qanday tayyorgarlik ko‘rganini kuzatdi.
O‘zbekiston va Yevropa kengashi rahbarlari kengaytirilgan sheriklik borasidagi bitim tezroq imzolanishiga umid bildirdi. Ular inson huquqlari bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish, Transkaspiy yo‘lagi orqali savdoni ko‘paytirishga kelishib oldi. Afg‘oniston tahdidlar manbaiga aylanmasligi kerakligi ta’kidlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar, so‘z erkinligini ta’minlash hamda boshqa masalalarni muhokama qildi.
Ostonada o‘tkazilayotgan «Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi» sammitida O‘zbekiston prezidenti YeI bozorlariga chiqish uchun samarali transport-logistika koridorlarini yaratish zarurligini ta’kidladi. Mamlakat Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy ofisini ochish uchun tayyorligini bildirdi.
Prezident 2 oyda 300 ta mahallada tibbiyot punkti ochish bo‘yicha topshiriq berdi. Martgacha punktlar oilaviy poliklinikalardan 10 km uzoqlikdagi 272 ta mahallada ham paydo bo‘ladi. Yana 640 ta tez yordam mashinasi xarid qilinadi. Qolaversa, shifokorlarning maoshini oshirish bo‘yicha qaror loyihasi tayyorlanadi.
Prezident videoselektor yig‘ilishida Qashqadaryo viloyatida 2023 yilda 207 mingta ish o‘rni yaratish vazifasini qo‘ydi. Jumladan, sanoatda 960 ta loyihani amalga oshirib, 20 ming nafar aholini band qilish mumkinligi aytildi.
Sherzod Asadov Shavkat Mirziyoyevning hafta davomidagi ish rejasi haqida ma’lumot berdi. Bu hafta prezident «Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo» sammitida ishtirok etish uchun Qozog‘iston poytaxtiga boradi. Bundan tashqari, Yevropa Kengashi prezidenti Sharl Mishelni qabul qiladi.
Shavkat Mirziyoyevga Maxtamquli nomidagi Turkmaniston davlat universitetining faxriy professori unvoni berildi. «O‘zbekistonda, Turkmanistonda bo‘lgani kabi, ta’lim-tarbiya tizimida tub islohotlar amalga oshirilmoqda», — deya ta’kidladi prezident oliygohga tashrifi davomidagi nutqida.
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Unda Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston rahbariga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg‘a qildi.
O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari Strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi. Qolaversa, ikki mamlakat o‘rtasida elektr eneregetikasi, bojxona ishi, veterinariya va chorvachilik, kinematografiya va boshqa yo‘nalishlar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Shavkat Mirziyoyev 21 oktabr kuni Turkmanistonga tashrif buyurdi. Dastlab «O‘g‘uzxon» saroyida rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Prezidentlar tor va kengaytirilgan doirada muzokaralar o‘tkazdi.
O‘zbekiston prezidenti 19 oktabr kuni Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Terxi Xakalani qabul qildi. Uchrashuvda Afg‘onistondagi vaziyatni tez fursatda tinch yo‘l bilan tartibga solish va uning iqtisodiy tiklanishiga ko‘maklashish masalalari ko‘rib chiqildi.
«Gazeta.uz» prezident matbuot xizmati fotosuratlarida taqdimot slaydlari xiralashtirilayotganiga e’tibor qaratdi. Taqdimot suratlari tufayli jurnalistlar muhim loyihalar haqidagi xabarlarni to‘ldirish imkoniga ega bo‘lishardi. UPD: Prezident matbuot kotibi vaziyat o‘nglanishini ma’lum qildi.
O‘zbekiston prezidenti Turkiya shimolidagi shaxtada yuzaga kelgan portlashda insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan mamlakat prezidentiga hamdardlik yo‘lladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 41 kishi halok bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlari sammitidagi nutqida o‘zaro savdo yo‘lidagi to‘siqlarni tezkor bartaraf etish va yangi logistika yo‘laklarini hamkorlikda rivojlantirishga chaqirdi. Davlat rahbari MDH mamlakatlari yosh olimlarining I kongressini kelasi yili O‘zbekistonda o‘tkazishni ham taklif qildi.
Ostonada o‘tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti doirasida Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashdi.
Shavkat Mirziyoyev Ostonada Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning oltinchi sammitida nutq so‘zladi. Unda prezident yangi geosiyosiy voqelik butun Osiyo qit’asi barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini aytdi. Afg‘oniston masalasi ham ikkinchi darajaga tushib qolganini ta’kidladi.
2023 yildan har bir mahalla o‘z muammolarini mustaqil hal etishi uchun «mahalla budjeti» tizimini joriy etiladi. Har bir viloyatning soliq undirilishi past bo‘lgan bittadan tumanida aholining mol-mulk va yer solig‘ini undirish mahallaning o‘ziga o‘tkaziladi.
Shavkat Mirziyoyev yil yakunigacha 75 mln dona, 2023 yil bahor oylarida yana 125 mln dona mevali va manzarali ko‘chatlar ekish bo‘yicha topshiriq berdi. Daraxt ekish bo‘yicha «dolzarb 40 kunlik» e’lon qilindi. «Daraxt havas bilan ekilishi, xalqimiz, mahallalarimizning madaniyatiga aylanishi lozim», — dedi prezident.
Shavkat Mirziyoyev 11 oktabr kuni Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda Tatariston bilan amaliy sheriklikni kengaytirish va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida qo‘shma innovatsion loyihalarni ilgari surish masalalari ko‘rib chiqildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting