Sintetik giyohvandlik vositalari va yangi turdagi psixofaol moddalarning tez sur’atlarda tarqalishi, shuningdek, giyohvandlik vositalari ishlab chiqarishda kimyoviy moddalarning noqonuniy aylanishining kuchayishi mintaqaviy xavfsizlikka jiddiy tahdid soladi. Bu haqda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning giyohvandlik moddalariga qarshi kurashish bo‘yicha vakolatli organlar rahbarlarining yig‘ilishi yakuni bo‘yicha ma’lum qilindi.
2021−2022 yillarda o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkilotining sammitiga raislik qilish O‘zbekistonga rasman o‘tdi. Sammit doirasida sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilish, kambag‘allikni kamaytirish, turizm sohasida hukumatlararo bitimni ishlab chiqish, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishni nazarda tutuvchi «Yo‘l xaritasi»ni qabul qilish kabi vazifalar belgilangan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev SHHT Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etish uchun Dushanbega jo‘nab ketdi. Sammit yakunida Dushanbe deklaratsiyasi qabul qilinishi va boshqa hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek SHHTga raislik O‘zbekistonga o‘tadi.
O‘zbekiston harbiylari Rossiyaning Orenburg viloyatidagi Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari o‘rtasida o‘tkaziladigan «Mirnaya missiya — 2021» o‘quv shtab mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 16−17 sentabr kunlari Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan SHHT sammitida ishtirok etadi hamda Tojikiston, Rossiya, Pokiston, Eron rahbarlari bilan uchrashadi. Yig‘ilish yakunida SHHTga raislik Tojikistondan O‘zbekistonga o‘tadi.
Eron Shanxay Hamkorlik Tashkiloti a’zosi bo‘lishi aytilmoqda. 16−17 sentabr kunlari Tojikistonda bo‘ladigan sammitda uning tashkilotga qo‘shilish jarayonlarining boshlanishi mumkin.
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Afg‘onistondagi mojaro ishtirokchilarini ShHTga a’zo davlatlar bilan chegaradosh tumanlarda beqarorlik va kutilmagan oqibatlarga olib keluvchi kuch va harakatlarni qo‘llashdan tiyilishga chaqirdi.
Samarqandning asosiy sayyohlik hududlarida 2022 yilda SHHT sammitiga tayyorgarlik ko‘rish uchun 300 mingga yaqin manzarali daraxt va butalarni ekish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston bosh vaziri SHHTga a’zo davlatlar hukumatlar rahbarlari kengashining onlayn uchrashuvida biznes hamkorlik, gumanitar va sayyohlik almashinuvini faollashtirishga sharoit yaratish maqsadida SHHT davlatlari o‘rtasida parvozlarni bosqichma-bosqich qayta tiklashga chaqirdi.
Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashi majlisida Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha kelishuvga erishilganini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab, kelgusida vaziyat yanada barqarorlashishiga umid bildirdi. Prezident tashkilotga a’zo mamlakatlarni muhtoj aholi qatlamiga yordam ko‘rsatish, inqirozga qarshi kurash borasida umumiy dastur ishlab chiqishda hamkorlikka chaqirdi.
Samarqandda 2022 yilda o‘tkazilishi kutilayotgan Shanxay hamkorlik tashkilotining (SHHT) sammitiga tayyorgarlik ishlarida jami 7,4 mlrd so‘m pul talon-toroj qilingani va noto‘g‘ri sarflangani aniqlandi. Ushbu holatlar yuzasidan 5 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari o‘tkazilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting