«shifokorlar» tegli maqolalar


2025-yildan mehnati samarali deb topilgan tibbiyot xodimlariga ustama to‘lanishi mumkin
9 yanvar 2025, 11:45

2025-yildan mehnati samarali deb topilgan tibbiyot xodimlariga ustama to‘lanishi mumkin

2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, mehnati samarali deb topilgan tibbiyot xodimlarining maoshiga qo‘shimcha ustama to‘lanishi mumkin. Buning uchun xodimlarning mehnat samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari ishlab chiqiladi.

Prezident qator tibbiyot xodimlarini mukofotladi
8 noyabr 2024, 21:50

Prezident qator tibbiyot xodimlarini mukofotladi

Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan prezident sog‘liqni saqlash tizimidagi xizmatlari uchun ayrim soha mutaxassislarini orden va medallar bilan taqdirladi.

Prezident qator tibbiyot xodimlarini mukofotladi
26 sentabr 2024, 21:13

Prezident qator tibbiyot xodimlarini mukofotladi

Akademik Vohidov nomidagi tibbiyot markazi 50 yilligi munosabati bilan prezident sog‘liqni saqlash tizimidagi samarali mehnati uchun qator tibbiyot xodimlarini faxriy unvon va ordenlar bilan mukofotladi.

O‘zbekistonda bo‘lajak shifokorlardan robot-simulyatorlar imtihon oladi
27 sentabr 2023, 10:18

O‘zbekistonda bo‘lajak shifokorlardan robot-simulyatorlar imtihon oladi

O‘zbekistonda 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura bosqichlari talabalarining nazariy hamda amaliy bilim-ko‘nikmalari inson omilisiz, maxsus robot-simulyatorlar orqali baholanadi.

Koronavirusga chalinganlar bilan ishlayotgan shifokorlarga beriladigan ustama miqdori kamaydi
22 iyun 2023, 15:57

Koronavirusga chalinganlar bilan ishlayotgan shifokorlarga beriladigan ustama miqdori kamaydi

Prezident farmoniga ko‘ra, koronavirusga chalingan bemorlar bilan ishlayotgan shifokor va boshqa xodimlarga ishlagan davri uchun beriladigan maxsus ustama to‘lovi 200 foizdan 50 foizga tushirildi.

Yangi ish boshlagan yosh shifokorlarga 1 mln so‘mgacha ustama beriladi
17 yanvar 2023, 15:11

Yangi ish boshlagan yosh shifokorlarga 1 mln so‘mgacha ustama beriladi

Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, ️yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 million so‘mgacha maxsus oylik ustama beriladi. Shuningdek, yuqori malakali, alohida natijaga erishgan, halol va vijdonan ishlayotgan xodimlarga ham maoshining 100 foizigacha ustama belgilanadi.

«Dok-1 Maks» dorisi sabab bolalar vafoti haqida xabar bergan shifokorlarining ishdan olinish sababi ma’lum qilindi
29 dekabr 2022, 18:18

«Dok-1 Maks» dorisi sabab bolalar vafoti haqida xabar bergan shifokorlarining ishdan olinish sababi ma’lum qilindi

Samarqand viloyatida kuzatilgan holatga aloqador bo‘lgan 7 nafar tizim mutasaddisi va tibbiyot xodimi o‘z vazifasidan ozod etilgandi. Onalik va bolalikni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i Sevara Ubaydullayeva shifokorning ishdan bo‘shatilishi sababiga aniqlik kiritdi.

Shifokorlarga qo‘shimcha ustama to‘lanadigan olis hududlar ro‘yxati tasdiqlandi
20 sentabr 2022, 15:47

Shifokorlarga qo‘shimcha ustama to‘lanadigan olis hududlar ro‘yxati tasdiqlandi

Shifokorlar oylik ish haqiga qo‘shimcha har oylik ustama to‘lanadigan 297 ta olis va chekka hudud ro‘yxati tasdiqlandi. Ularning maoshiga 2 mln so‘m ustama belgilanadi va ipoteka asosida uy-joy sotib olishda 50 foizigacha, biroq BHMning 500 barobaridan oshmagan qismi qoplab beriladi.

Shifokorlarni litsenziyalash tizimi yo‘lga qo‘yiladi
18 mart 2022, 14:47

Shifokorlarni litsenziyalash tizimi yo‘lga qo‘yiladi

Prezident xorij tajribasi asosida klinikalarni emas, shifokorlarni litsenziyalash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish kerakligini ta’kidladi. «Bu tizim yo‘lga qo‘yilsa, tibbiyot xodimlarini malaka oshirishga majburiy yuborish talab etilmaydi», — dedi u. Qolaversa, yagona tibbiy ma’lumotlar bazasi «elektron sog‘liqni saqlash» tizimi yaratiladi.

«Xalq salomatligi posboni» ko‘krak nishoni ta’sis etiladi
18 mart 2022, 12:42

«Xalq salomatligi posboni» ko‘krak nishoni ta’sis etiladi

Prezident mahallada sog‘lom turmush tarzini tunu kun targ‘ib qilgan, bu borada shaxsiy namuna bo‘lgan tibbiyot xodimlari va jamoatchilik vakillari uchun «Xalq salomatligi posboni» ko‘krak nishoni ta’sis etilishini ma’lum qildi. Qolaversa, tibbiyot xodimlari har chorakda mukofotlanishi aytildi.

Halol shifokor va hamshiralarga 100 foizgacha oylik ustamalar belgilanadi — prezident
18 mart 2022, 12:08

Halol shifokor va hamshiralarga 100 foizgacha oylik ustamalar belgilanadi — prezident

Prezident halol va vijdonan ishlayotgan shifokor va hamshiralarga 100 foizgacha oylik ustamalar to‘lab berilishini ma’lum qildi. Yangi ish boshlagan yosh shifokorlarga esa 1 mln so‘mgacha maxsus oylik ustama to‘lash tartibi joriy etiladi.

Toshkentda COVID-19`dan vafot etgan tibbiyot xodimlari xotirasiga xiyobon tashkil etiladi
9 dekabr 2021, 18:35

Toshkentda COVID-19`dan vafot etgan tibbiyot xodimlari xotirasiga xiyobon tashkil etiladi

COVID-19`dan vafot etgan tibbiyot xodimlari xotirasiga G‘alaba bog‘ida xiyobon tashkil etiladi. Birinchi bosqichda jami 61 ta chinor, qayrag‘och va akatsiya daraxtlari ekiladi.

Shifokor va hamshiralar 26 turdagi jurnal va 33 turdagi hisobot shakllarini to‘ldirishga majbur bo‘lmoqda — SSV
30 noyabr 2021, 12:06

Shifokor va hamshiralar 26 turdagi jurnal va 33 turdagi hisobot shakllarini to‘ldirishga majbur bo‘lmoqda — SSV

Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot muassasalari shifokor va hamshiralari hozirda 26 turdagi jurnal va 33 turdagi hisobot shakllari, qolaversa, bemorlar uchun o‘nlab turdagi blanklarni to‘ldirishga majbur bo‘layotganini ma’lum qildi. Tizimdagi qog‘ozbozlikni bartaraf etish uchun ishchi guruh tuzildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting