O‘zbekistonda samarasiz foydalanilayotgan yirik shifoxonalar, madaniyat va sport inshootlari, istirohat bog‘lari xususiy sektorga DXSH asosida berilishi mumkin. Qolaversa, “sotib olish yoki to‘lab berish” shartnomalarida davlat majburiyatlarining yuqori chegarasini belgilash rejalashtirilmoqda.
Prezident 2024−2030-yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Loyihalar orasida maktablar, shifoxonalar qurish, aeroportlarni modernizatsiya qilish va ularni boshqaruvga o‘tkazish, ichimlik suvi ta’minoti, kanalizatsiya tizimini yaxshilash va boshqalar bor.
Prezident Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi faoliyatiga doir yig‘ilishda dorilar xaridini tartibga solish, tez tibbiy yordam tizimini takomillashtirish, sohani raqamlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Tibbiy sug‘urta tizimi soliqlar hisobidan bo‘ladi va qo‘shimcha badallar undirilmaydi, dedi u.
Sog‘liqni saqlash vazirligi respublika bo‘yicha bolalar orasida o‘tkir respirator virusli infeksiyalarning davriy ko‘tarilishi kuzatilayotgani sababli shifoxonalarda qo‘shimcha ravishda 5964 ta o‘rin-joy tashkil etilganini ma’lum qildi. Avvalroq, 10 kun ichida poytaxtning o‘zida «Tez yordam»ga bermor bolalar bo‘yicha 13 mingdan ortiq chaqiriq kelib tushgani aytilgandi.
SSV ishchi guruhi tibbiyot muassasalarining ishida kamchiliklarni aniqladi: uzun navbatlar, ortiqcha qog‘ozbozliklar va sanitariya-gigiyena me’yorlariga amal qilmaslik. Vazir Behzod Musayev barcha muassasalarning sanitariya-gigiyenik holatini zudlik bilan yaxshilash bo‘yicha topshiriq berdi.
2021-yilgi davlat dasturida 31 ta yangi maktab qurish hamda 320 ta maktabni ta’mirlash ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, Andijon, Nurafshon, Guliston, Navoiy va Termiz shaharlarida Prezident maktablari qurilishi rejalashtirilgan.
Koronavirusga chalinish holatlari kamaygani sababli COVID-19 bemorlarini davolashga ixtisoslashgan yana 3 ta shifoxona — Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi, Toshkent shahar perinatal markazi va Toshkent shahar 3-son yuqumli kasalliklar shifoxonalari o‘z yo‘nalishi bo‘yicha odatiy ish faoliyatiga qaytdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting