O‘zbekistonda tungi vaqtda fuqarolarning osoyishtaligi hamda normal dam olishini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda. Bu uchun jarima fuqarolar uchun BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdorlarga esa 10 baravaridan 15 baravarigacha etib belgilanmoqda.
Adliya vazirligi yoqimsiz hidlar, yorug‘lik va zararli shovqinlarga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni tartibga solishni taklif qildi. Xususan, tungi vaqtda qator taqiqlarni joriy etish, havo ifloslanishining oldini olish uchun suv purkaydigan texnologiyalardan foydalanish va boshqalar rejalashtirilgan.
Bugungi kunda O‘zbekistonda shovqinning salbiy ta’siriga qarshi kurashish masalalarini tartibga soluvchi yagona huquqiy hujjat mavjud emas. Adliya vazirligi shovqinga qarshi takliflar ishlab chiqdi. Qolaversa, vazirlik avtomobil yo‘llarida ovoz balandligini o‘lchash asboblarini o‘rnatish imkoniyatlarini o‘rganishni ham taklif qilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting