Bloger Olimjon Haydarov mitinglar tashkil etish va o‘tkazish tartibini buzganlik, yolg‘on axborot tarqatganlikda ayblanib, 21 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi. U yaqinda Farg‘onadagi zavod ishchilarining norozilik namoyishi aks etgan videoni e’lon qilgandi, shundan so‘ng 7 ishchi hibsga olingandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar, so‘z erkinligini ta’minlash hamda boshqa masalalarni muhokama qildi.
Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchisi Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida, uning ta’biri bilan aytganda, «urushda qurol sifatida foydalanilayotgan» Rossiya ommaviy axborot vositalari faoliyatining cheklanishi, shuningdek, Vladimir Putin va uning atrofidagilarga qarshi kiritilgan sanksiyalardan ko‘zlangan maqsad xususida so‘z yuritdi. Rossiya ommaviy axborot vositalari va elchixonasi diplomatni tanqid qilib, mazkur intervyuni «yo‘q joydan shovqin ko‘tarish» deb atadi.
O‘zbekistonda inson huquqlari sohasidagi yaxshilanishlar bilan bir qatorda, so‘z erkinligi, uyushmalar va tinch yig‘ilishlar erkinligiga nisbatan cheklovlar saqlanib qolmoqda, deyiladi Amnesty International hisobotida. Dunyoda so‘z, vijdon erkinligi, yig‘ilish erkinligi va boshqa erkinliklarga nisbatan tazyiq kuchaymoqda, deya ta’kidladi inson huquqlari tashkiloti.
«Bu so‘nggi bir necha yil ichida ko‘proq orqaga ketgan sohalardan biri. Lekin ijobiy narsalar hali ham ko‘p», — dedi Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchisi Tim Torlot O‘zbekistondagi so‘z erkinligi bilan bog‘liq vaziyatni tasvirlar ekan. Uning so‘zlariga ko‘ra, jurnalistlar va blogerlar unchalik gapirishni xushlamaydigan muammolar hali ham mavjud.
Avtobloger Bobur G‘aniyev huquq -tartibot idoralari xodimlarini haqorat qilgani va ularning talablarini bajarmagani uchun 15 kunga qamalganidan so‘ng YouTube-kanalidagi faoliyatini to‘xtatishga qaror qildi. U o‘z qarorini tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi va kanalni saqlab turishga ulgurmasligi bilan izohladi. Videomurojaat paytida u qo‘lga olinayotganda va hibsdaligida egnida bo‘lgan ustki kiyimini yoqib yubordi.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov yoshlar ko‘proq kitob va gazetalarni o‘qishlari uchun ijtimoiy tarmoqlarni bir oyga yopishni taklif qildi. O‘z navbatida, deputat Rasul Kusherbayev axborot asrida ijtimoiy tarmoqlarni cheklashni kulguli va absurd qaror deb atadi.
Kun.uz 22-iyun kuni o‘zbek tilidagi xabarlar lentasini yangilamadi. Nashr mamlakatda so‘z erkinligi bilan bog‘liq ayrim qonunchilik me’yorlari hamon eski qoliplarda qolayotgani, bunday kamchiliklar istalgan vaqtda so‘z erkinligiga qarshi qurol sifatida foydalanilishi mumkinligini ma’lum qildi.
Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov Tashqi ishlar vazirligi polshalik jurnalist Agneshka Pikulitskaning akkreditatsiyasini uzaytirmaganligini siyosiy xato deb atadi. «Biron bir xorijiy jurnalistlar qonunchilikni jiddiy buzadigan bo‘lsa, uni tezda haydash emas, qonunchilikka bo‘ysundirishning ohista yo‘llari ishga solinishi kerak», — deydi u.
Daryo.uz bosh muharriri Muhrim A’zamxo‘jayev uni «profilaktik suhbat uchun» huquqni muhofaza qilish organlariga chaqirtirishgani haqidagi xabarlarni rad etdi. «Gazeta.uz» manbalari esa bir necha jurnalistlar chaqirtirilganini ma’lum qildi.
Surxondaryo rahbariyatini tanqid qiluvchi bloger Otabek Sattoriy tovlamachilik yo‘li bilan telefonni qo‘lga kiritganlikda gumonlanib hibsga olindi. Huquqni muhofaza qilish organlari jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Blogerning advokati ish uydirilgan deb hisoblamoqda. Vaziyatga deputat Rasul Kusherbayev va Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi e’tibor qaratdi.
OAV va bloglarda qoldirilgan izohlar uchun javobgarlik joriy etilmoqda. AOKA qonunga zid izohlar haqida resurs egasi va blogerlarni ogohlantiradi, 24 soat ichida izohlar o‘chirilmasa, sudga murojaat qilishi mumkin.
BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Frayzer inson huquqlari doirasida so‘z erkinligining ahamiyati haqida so‘zladi. Shuningdek, u blogerlar, jurnalistlar, OAV xodimlari faoliyatini erkin olib borishlariga ta’qiqlar qo‘yilmasligini va bunday vaziyatlarda ximoya choralari ko‘rilishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.
O‘zbekiston endi chegaralarni yopmaydi, endi internet uzluksiz ishlaydi, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, OAV bilan muloqot qilmagan rahbarlarning kelajagi yo‘q.
Kun.uz nashri «temir daftar»da bo‘lmagan shaxslarga yer ajratilgani haqidagi maqolani o‘chirdi. Xabar qilinishicha, sabzavotchilik bilan shug‘ullanish uchun olti kishi o‘rtasida 10 gektar yer bo‘lib berilgan va ular orasida faqat bir kishi ehtiyojmand oilalar ro‘yxatida bo‘lgan. Yana bir fuqaroning holati esa bahsli.
So‘z erkinligi va nafratga to‘la ritorika o‘rtasidagi huquqiy chegaralar qayerda? Internetdagi bullingga (boshqalarni tahqirlash, zo‘ravonlik) qarshi huquqiy himoyani qanday kuchaytirish mumkin? Inson huquqlari bo‘yicha huquqshunos, Global Shapers Tashkent Hub tashabbusining kurator-asoschisi Dilfuza Kurolovaning maqolasida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting