Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida qatnashgan O‘zbekiston delegatsiyasi Toshkentga yetib keldi. Musobaqa sovrindorlariga pul, mashina va uy ko‘rinishidagi “Prezident sovg‘alari” topshirildi.
Olimpiada g‘oliblari va sovrindorlariga 50 mingdan 200 ming dollargacha bo‘lgan pul mukofotlari, Tahoe va BYD Song Plus avtomobillari, shuningdek, ikki qavatli kottejlar va kvartiralar berildi. “Prezident sovg‘asi” deb yozilgan mukofotlarni bosh vazir va Senat raisi topshirdi.
Yaponiya hukumati Qoraqalpog‘istonning Nukus tumani tibbiyot birlashmasiga qariyb 100 ming dollarlik ultratovush tekshiruvi apparati sovg‘a qildi.
Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda sovg‘a olish tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, amaldorlar O‘zbekistondagi xizmat safarlari va tadbirlarda sovg‘a olishi mumkin emas. Xorijda olingan sovg‘a qiymati 1,2 mln so‘mdan ko‘p bo‘lsa, u davlat organi balansiga kirim qilinadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibini belgilamoqda. Tegishli nizom jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting