O‘zgidromet 20−22-dekabr kunlari O‘zbekistonga nam va sovuq havo massalari kirib kelishidan ogohlantirdi. Ayrim joylarda yomg‘ir va qor yog‘adi. Harorat kechasi -10, kunduzi -3 darajagacha pasayadi.
O‘zbekistonda hafta davomida harorat asta-sekin ko‘tarilib boradi: kunduz kunlari 0…+12, kechalari −8…+5 daraja atrofida bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat 13−14-dekabr kunlari ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Yakshanbadan yana sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzordagi ko‘zi ojizlar yotoqxonasida sutkalab chiroq o‘chayotgani, mas’ullar esa bunga e’tibor bermayotgani haqida xabarlar tarqaldi. «Gazeta.uz» muxbiri Mirolim Isajonov nafaqat qahratonda, balki jaziramada ham muammolar iskanjasida qoluvchi ushbu yotoqxonada bo‘lib qaytdi.
Toshkentda gaz quvurlarining o‘tkazuvchanlik imkoniyati oshirilishi va ob-havo sharoiti yaxshilanishi munosabati bilan gaz bosimi oshishi kutilmoqda, deya ma’lum qildi «Hududgazta’minot». Aholidan qozonxona va gaz plitalarini tekshirib turish hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etish so‘ralmoqda.
20 darajali ayozda uyda isinish va issiq taom tayyorlash imkoniyatining yo‘qligi kishini nochorlik ko‘yiga solib qo‘yadi. Kimdir ishxonasida isinib olar, ammo hayotiy muhim xizmatlarning ishchilari ko‘chada ishlaydi. «Gazeta.uz» obodonlashtirish xizmati xodimlari bilan qahratondagi ish haqida suhbatlashdi.
Toshkentda elektr energiyasini tejash maqsadida savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, savdo-ko‘ngilochar markazlari hamda istirohat bog‘larining ish vaqti cheklandi. Oziq-ovqat do‘konlari va umumiy ovqattlanish shoxobchalari faoliyati bundan mustasno.
«Hududgaz Poytaxt» korxonasi «Gazeta.uz»da e’lon qilingan materialdan so‘ng «Xast Imom» mahallasida gaz bosimi oshirilganini ma’lum qildi. Kompaniya mutaxassislari gaz taqsimlash shoxobchalari va xonadonlardagi gazdan foydalanuvchi uskunalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazib, nosozliklarni bartaraf etgan.
Toshkentda 2018 yildan beri poytaxt IIBB tashabbusi bilan ochilgan uysizlar uchun markaz faoliyat ko‘rsatmoqda. «Gazeta.uz» muxbirlari ushbu «Mehr-saxovat uyi»da bo‘lib, bu yerda ayozli kunlarda odamlar soni ko‘payishiga qanday tayyorgarlik ko‘rilgani va markaz nimalarga muhtojligini o‘rgandi.
Eski shaharning “Xast Imom” mahallasi poytaxtdagi eng ko‘hna uylar joylashgan hududlardan. Bu yerda somon-suvoq uylarni, ba’zi xonadonlarda cho‘yan pechlarni uchratish mumkin. Sovuqlar boshlangach, “Xast Imom"da gaz bosimi pasaydi. Aholi qahratonni qanday o‘tkazyapti — Madina A’zamning fotoreportaji shu haqda.
Qibray tumanidagi 29-maktabda o‘quvchi qizlar sovuq havo bo‘lishiga qaramay, yupun kiyimda mehmonlarni kutib olishga chiqarildi. Toshkent viloyat XTB tadbir maktab tomonidan emas, balki «Oltin meros» xayriya fondi va «Yangi yo‘l» mahallasi tomonidan o‘tkazilganini ma’lum qildi. Mazkur holatga yo‘l qo‘ygan maktab rahbariyatiga esa chora ko‘rilishi aytildi.
Dam olish kunlari O‘zbekistonga sovuq va nam havo massalari kirib keladi. 13−14 martda respublikada yomg‘ir yog‘ib, 14 martga o‘tar kechasi qorga aylanadi. Havo harorati kechalari 10−15° sovuqgacha tushadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting