30-yanvar — O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun. O‘zbekistonni 1989-yildan 2016-yilgacha, ya’ni vafotiga qadar boshqargan Islom Karimovning rahbarlik davrini o‘zbekistonliklar qanday xotirlaydi? “Gazeta.uz” poytaxt ko‘chalarida bo‘lib, aholiga bir qancha savollar bilan yuzlandi.
Vatan himoyachisi deganda faqat erkaklar tushunilishi kerakmi? Ayollar-chi? O‘zbekistonda xotin-qizlar ham harbiy xizmatga borishi kerakmi? “Gazeta.uz” muxbiri 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent aholisining bu boradagi fikrlariga qiziqdi.
“Gazeta.uz” poytaxt ko‘chalarida odamlardan O‘zbekistonda alohida Erkaklar kuni bo‘lishi kerakmi yoki yo‘q, bo‘lsa, uni qaysi sanada nishonlash va qanday sovg‘alar berish mumkinligi haqida fikrlarini so‘radi.
“Gazeta.uz” muxbiri Toshkent shahridagi ayrim zapravkalarda bo‘lib, yoqilg‘i quyish uchun navbat kutayotgan haydovchilar fikriga qiziqdi. Ularning aksariyati tonggi soat 04:00−05:00 da shoxobchaga kelib, navbatda turayotgani, bu holat 3−4 kundan buyon davom etayotganini qayd etdi.
“Gazeta.uz” muxbiri Toshkent shahrining ayrim hududlarida bo‘lib, ishxonada xodimini kaltaklagan yo unga qo‘pollik qilgan rahbarlar borasida odamlar fikri bilan qiziqdi. Ulardan shunday vaziyatda qanday harakat qilishi va mushtumzo‘r mas’ullarning ustidan shikoyat qilishga qanchalik tayyorligi haqida so‘radi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishlab chiquvchilari nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazmoqda.
Iqtisodchi Sergey Guriyevning ta’kidlashicha, senzura sharoitida o‘tkazilgan ijtimoiy fikr so‘rovnomalari asosidagi xulosa chalg‘ituvchi bo‘ladi. U bunga misol sifatida sovet davrini ko‘rsatadi: o‘sha vaqtda hamma og‘izda kompartiyani qo‘llagan, lekin ittifoq parchalaganida uning himoyasi uchun hech kim ko‘chaga chiqmagan.
4-sentabrdan maktablarda o‘quv yili boshlanadi. Shu bois ayni kunlarda bozorlar xaridorlarga to‘la, kimdir maktab formasini, yana kimdir o‘quv qurollarini sotib olyapti. “Gazeta.uz” ota-onalar maktab bozoriga qancha pul sarflayotgani va ularning narx-navo borasidagi fikrlari bilan qiziqdi. Video.
Prezidentlikka nomzodlarni taniysizmi? Nomzodlarning saylovoldi dasturi bilan tanishib chiqdingizmi? Bo‘lajak prezidentdan nimalar kutayapsiz? “Gazeta.uz” shu va boshqa savollar bilan Toshkent aholisiga mikrofon tutdi. Video.
2023-yilda aholi va tadbirkorlarning mavjud muammolarini “xonadonbay” o‘rganish bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkaziladi. Qolaversa, daftarlarga kiritilgan aholiga ko‘rsatilgan yordam haqidagi ma’lumotlar yagona axborot tizimiga kiritiladi. Har bir mahallaning elektron xaritasi ishlab chiqiladi.
O‘zbekistonda «Tashabbusli budjet» loyihasining ovoz berish jarayoni qizg‘in kechmoqda. Yashash hududidagi muammolarni hal etish uchun loyiha taklif etgan aholi ko‘proq ovoz yig‘ishga harakat qilmoqda va turli usullardan foydalanmoqda. «Gazeta.uz» mazkur jarayon ishtirokchilariga mikrofon tutdi (video).
Antikorrupsiya agentligi va U-Report birgalikda 7 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan 18 mingdan ortiq fuqarolar orasida korrupsiyaga oid so‘rov o‘tkazdi. Respondentlarning 51 foizi korrupsiyaning mohiyatini to‘g‘ri tushunadi, 46 foizi esa poraxo‘rlikka salbiy munosabatda. So‘rovning 81 foiz qatnashchisi korrupsion holatlar haqida xabar berishga tayyorligini ma’lum qilgan. Qolaversa, yoshlar ularni pora berishdan to‘xtatadigan 4 ta asosiy sababni ham keltirgan.
«Gazeta.uz» o‘quvchilari orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, aksariyat respondentlar Yangi yil bayrami sovg‘asi sifatida kitoblar va pulni ma’qul ko‘rishadi. Bayram kayfiyatining asosiy manbai esa oila davrasida, deb bilishadi. Shuningdek, respondentlarning har uchtadan bittasi 2022 yilda pandemiya nihoyasiga yetishini istaydi.
Ko‘pchiligimiz uchun o‘tib ketayotgan yilning voqealari kutilmagan, sinovlari esa og‘ir bo‘ldi. «Gazeta.uz» o‘z o‘quvchilaridan 2020 yil voqealariga o‘z munosabatlarini, taassurotlarini yoki hikoyalar bilan bo‘lishishlarini so‘ramoqda. So‘rovnomadan so‘ng biz ba’zi hikoyalarni e’lon qilamiz.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting