Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga davlat mukofotlari topshirildi. Prezident sportchi va murabbiylarga minnatdorlik bildirib, qaysi sport turlari bo‘yicha harakatlarni kuchaytirish kerakligini aytdi. Kelgusida sportchilarni tayyorlash dasturlari qabul qilinib, xorijlik mutaxassislar jalb etiladi.
Shavkat Mirziyoyev Parijda bo‘ladigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga qattiq tayyorgarlik ko‘rishni tayinladi. “Bu yilgi yutuqlarni Tokiodagi kabi faqat yakka kurash sport turlari hisobidan qo‘lga kiritamiz, degan fikr mutlaqo noto‘g‘ri. Natija tarixda eng yaxshisi bo‘lishi uchun hozirdan chora ko‘rish kerak”, dedi u.
12-mart kuni “V International Tashkent Marathon” va O‘zbekistonning 14 ta shahrida bir vaqtda Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi. Professional va havaskor sportchilar 5-martgacha 42 km, 21 km, 10 km, 3 km masofa uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Bu yil ilk bor “Kids Run” poygasi ham bo‘lib o‘tadi.
19 avgust kuni Turkiyaning Konya shahrida bo‘lib o‘tgan V Islom birdamligi o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasini kutib olish maqsadida soat 18:00 dan 23:00 gacha bo‘lgan vaqtda poytaxtning bir necha ko‘chalari avtomobillar harakati uchun yopiladi.
O‘zbekistonda biror sport turi bo‘yicha mahalliy olimlar tomonidan na metodika, na dastur ishlab chiqilgan. Sport diyetologiyasi, farmakologiyasi, psixologiyasi, kardiomashg‘ulotlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmaydi, deya tanqid qildi Shavkat Mirziyoyev sohani rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda. «Bugungi kunda sportchilarni tayyorlash 30 yil oldingi dasturlar asosida amalga oshirilmoqda», — dedi u.
O‘zbekistonda sportchilarni tayyorlash va seleksiya qilish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi. Shavkat Mirziyoyev yoshlarni bolalikdanoq sportga jalb qilish borasidagi yondashuvlar o‘zgartirilishini ma’lum qildi. Buxoro tajribasi asosida — yaxshi natijaga erishgan yosh sportchilarning elektron ro‘yxati shakllantiriladi va ular maxsus guruhlarda bepul o‘qitiladi, sport maktabi trenerlarining ish haqi 35 foizga oshiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting