Oliy sud ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda 38 149 nafar shaxsga nisbatan 30 284 ta jinoyat ishi ko‘rilgan. Sudlanganlar esa 27 999 nafarni tashkil etgan. Shundan 7 110 nafariga qamoq jazosi tayinlangan. Yil davomida 781 nafar shaxs oqlangan.
Respublikada mavjud bolalar bog‘chasiga 2,7 mln bolaning qariyb 61 foizi qatnaydi. 2017-yilda bu ko‘rsatkich 27,7 foiz bo‘lgan. Ular bilan esa jami 116 996 nafar pedagog shug‘ullanadi. Prezident 2023-yilda maktabgacha ta’lim qamrovini 75 foizga yetkazish topshirig‘ini bergan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga ixtisoslashgan shifoxonalardagi bemorlar soni va davolanayotgan koronavirus bemorlari ko‘rsatkichlardagi farqlarga izoh berdi. Unga ko‘ra, rasmiy statistikaga faqatgina maxsus laborator tekshiruvlarda koronavirus tasdiqlanganlar kiritiladi. Shifoxonalar statistikasida esa kasallik belgilari mavjud yoki pnevmoniya bo‘lganlar, lekin infeksiya tasdiqlanmagan bemorlar ham kiritilgan bo‘ladi.
Hukumat qarori bilan rasmiy statistikani ishlab chiquvchilarning statistika metodologiyalarini auditdan o‘tkazish tartibiga oid nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, besh yilda kamida bir marta audit o‘tkazilishi hamda aniqlangan kamchiliklar majburiy bartaraf etilishi belgilanmoqda.
So‘nggi yillarda birinchi marta Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistondagi demografik vaziyat to‘g‘risidagi hisobotga o‘lim holatlari statistikasini kiritmadi. Qo‘mita Adliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumot bermaganligi haqida ma’lum qildi. Avvalroq «Gazeta.uz» koronavirus pandemiyasi sababli vafot etganlar soni iyul oyida mamlakatda 26,4 foizga, Toshkentda esa 2,6 martaga oshganini yozgan edi.
Oktabr oyida inflyatsiya 1,4 foizni tashkil etdi. Oziq-ovqat mahsulotlari 2,3 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,8 foizga, xizmatlar 0,7 foizga qimmatlashdi.
2020 yilning yanvar-sentyabr oylarida 19 970 ta bekor qilingan oilaning 49,8 foizi farzandsiz, 50,2 foizi esa bir va undan ko‘p farzandli hisoblanadi. Eng ko‘p ajralish holatlari Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda.
Yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonda jami 65,2 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Qurilish ishlarining 95,8 foizi nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlarga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan 2,5 mlndan ortiq avtotransport vositalari mavjud, shulardan 93% yengil avtomobillar. Eng ko‘p avtotransport vositalari Toshkent shahriga, eng kami esa Sirdaryo viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.
O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha rasmiy statistika ma’lumotlari yuzasidan savollar bor. Daryo.uz nashrining bemorlar 2−3 kun ichida «tuzalib ketayotgani» to‘g‘risidagi maqolasidan keyin Sog‘liqni saqlash vazirligi hududlar bo‘yicha batafsil statistikani e’lon qilishni to‘xtatdi. Oldinroq vafot etgan koronavirus bemorlarining jinsi, yoshi, ism-sharifining bosh harflari va yashash (davolanish) joylari bo‘yicha ma’lumotlarni ochiqlash ham to‘xtatilgan edi.
O‘zbekiston yanvar-avgust davri davomida 5,8 mlrd dollarga, avgust oyining o‘zida esa 2,5 mlrd dollardan ziyod summaga teng bo‘lgan miqdorda oltin eksport qildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 147,2% ni tashkil etib, 1,8 mlrd dollarga ko‘proq. Oltin eksporti jami eksport ulushining 50% ni tashkil etoqda.
Iyul oyi bo‘yicha o‘lim holatlari soni so‘nggi to‘rt yilga nisbatan O‘zbekistonda 26,4%ga, Toshkentda deyarli 166%ga, Toshkent viloyatida 43,8%ga, Navoiy viloyatida 51,7%ga o‘sdi. «Gazeta.uz» so‘nggi besh yil ichida yanvar oyidan iyul oyigacha bo‘lgan o‘lim darajasi bo‘yicha ma’lumotlarni o‘rgandi va koronavirus pandemiyasi davrida raqamlar qanday o‘zgarganligini tahlil qilib chiqdi.
Yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonda 92 mingdan ortiq o‘lim holati qayd etildi. Eng ko‘p o‘lim iyul oyida kuzatildi.
O‘zbekistonda yarim yil davomida 75,5 mingta nikoh va 12,8 mingta ajrimlar ro‘yxatga olinib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 27,5% va 20% pastroq ko‘rsatkich qayd etildi. Ajrashgan oilalarning 19,6 foizi (2500 taga yaqini) ikki va undan ortiq farzandga ega.
Prezident 2025 yilgacha mo‘ljallangan statistikani rivojlantirish milliy strategiyasini tasdiqladi. Davlat statistika qo‘mitasining barcha davlat idoralaridan mustaqilligi ta’minlanadi. Qo‘mita qoshidagi jamoat kengashiga nodavlat-notijorat tashkilotlar, biznes va ommaviy axborot vositalari vakillari jalb qilinadi.
O‘zbekiston aholisi 2020 yilning yanvar-iyun oylarida 286,5 ming kishiga o‘sgan. Mamlakatda bu vaqt oralig‘ida 365,2 ming nafar chaqaloq tug‘ilgan, 74,6 ming kishi esa vafot etgan.
62 yoshida Chilonzor Sanitariya-epidemiologiya farovonligi markazining bakteriologik laboratoriyasi mudiri Marhabo Ahmedova vafot etdi, uning koronavirus yuqtirganligi aniqlangan. Sog‘liqni saqlash vazirligi bu holat haqida xabar bermadi. Marhumaning opasi, 40 yilini tibbiyotga bag‘ishlagan Marhabo Ahmedova boshqa tibbiyot xodimlari singari tan olinishga loyiq, deb hisoblaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting