O‘zbekistonda 2024-yilda davlat budjetining ish haqi, pensiyalar, stipendiya va nafaqalar miqdorini va ayrim xizmatlarning tariflarini oshirish bilan bog‘liq xarajatlari 9,6 trln so‘mni tashkil etadi. Umumiy hisobda ish haqi, pensiya va stipendiyalarga davlat budjeti xarajatlarining yarmidan ko‘pi yo‘naltiriladi.
SSV 2023-yildan IELTS bo‘yicha kamida 7,5 balli, nemis va fransuz tilini bilish darajasi bo‘yicha S1 sertifikatli tibbiyot OTM va texnikumi talabalariga 990 ming so‘m stipendiya to‘laydi. To‘lov sertifikatning amal qilish davrida berib boriladi.
Prezident ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori muntazam oshirib borilishini bildirdi. Buning uchun budjetdan har yili qo‘shimcha 30−40 trln so‘m ajratish kerak bo‘ladi. Shuningdek, davlat rahbari har yili yuzlab yangi bog‘chalar, maktab va shifoxonalar qurish lozimligini ta’kidladi.
Prezident qarori bilan «Ishga marhamat» monomarkazlarida o‘qitilayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa bilan birga 540 ming so‘m miqdorida har oy stipendiya to‘lab beriladi. Shuningdek, yetim bolalar ikkilamchi bozordan davlat olib bergan uy-joyni rasmiylashtirishda notarius va kadastr xizmatlari uchun boj to‘lamaydi.
Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan prezident qarori loyihasiga ko‘ra, dual ta’lim shakliga o‘tgan kollej va texnikumlar o‘quvchilariga ham stipendiya to‘lanishi mumkin. Qolaversa, dual ta’lim shaklini joriy qilgan eng yaxshi 100 ta professional ta’lim muassasasiga har yili 50 mln so‘mdan mablag‘ ajratiladi.
1 fevraldan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining oyligi hamda stipendiyalar 10%ga oshiriladi. Ushbu sanadan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori va bazaviy hisoblash miqdori ham oshirilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting