Suriya mudofaa vaziri Murhaf Abu Kasraning aytishicha, agar bundan Suriya foyda ko‘rsa, mamlakatda Rossiya harbiy bazalari saqlab qolinishi mumkin. Rossiya Suriyaning yangi hukumatiga “o‘zi juda xohlagan narsa” — Bashar Asadni ham berishi mumkin, deb yozadi WP.
Germaniya va Fransiya tashqi ishlar vazirlari Yevropa Ittifoqi nomidan Suriyaga borib, muzokaralar o‘tkazdi. Ular Suriya xalqiga hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirishda yordam berish, huquqlar kafolatlari, Rossiyaning u yerdagi harbiy bazalarini yopish kabi masalalarni muhokama qildi.
Suriya isyonchilari yetakchisi va mamlakatning amaldagi rahbari Ahmad al-Sharaa Suriya o‘z qo‘shnilari yoki G‘arb uchun xavf tug‘dirmasligini aytdi. U urushdan tinkasi qurigan mamlakatga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi va Suriya navbatdagi Afg‘onistonga aylanishi mumkinligi ehtimolini rad etdi.
AQSh Turkiya kuchlarining Suriya chegarasida to‘planayotgani va Anqaraning Suriya kurdlari yerlariga bostirib kirishi ehtimolidan xavotirda, deb yozdi WSJ. Harbiylar va artilleriyani ko‘paytirish Bashar Asad rejimi qulaganidan keyin boshlandi.
Yevropa Ittifoqi Suriyaning yangi rahbariyati bilan Rossiya harbiy bazalarini mamlakatdan chiqarishni muhokama qilmoqchi, deb xabar berdi ittifoq oliy vakili Kaya Kallas. Ittifoqning ko‘pgina rasmiylari Suriyada Rossiya harbiylari bo‘lmasligi tarafdori. Bu masala “Suriya rasmiylari bilan uchrashuvlarda ko‘tariladi”.
Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad Moskvadan maktub e’lon qilib, u “oxirigacha Suriyani tark etmoqchi bo‘lmagani, bu voqealar paytida iste’foga chiqish yoki boshpana so‘rash haqida o‘ylamagani”ni aytdi. Asadning ta’kidlashicha, aynan Moskva uni mamlakatdan zudlik bilan evakuatsiya qilishni so‘ragan.
Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad hatto qarindoshlarini ham ogohlantirmasdan, mamlakatdan qochib ketgan. Moskvaga borishdan bir necha soat oldin u armiyani Rossiyaning yordami yo‘lda ekaniga ishontirgan, deb yozadi Reuters.
Bashar Asad rejimi qulagandan so‘ng Isroil armiyasi butun Suriya bo‘ylab bir necha yuzlab zarbalar berib, “strategik qurol zaxiralarining katta qismi” yo‘q qilinganini e’lon qildi. 50 yil ichida birinchi marta Isroil Golan tepaliklari yaqinidagi va undan tashqaridagi bufer zonasida ham qo‘shinlarini joylashtirdi.
Suriyaning o‘tish davri hukumatiga Muhammad al-Bashir rahbar bo‘ldi. U 2025-yil 1-martgacha bosh vazir vazifasini bajaradi. U avval Suriya muxolifati tomonidan tuzilgan muqobil Najot hukumatini boshqargan.
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Suriyadagi vaziyat haqida videolar e’lon qilib borayotgan, xalqaro terrorchilik tashkilotiga a’zo Xudoyor Nuriddinovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atib, qidiruv e’lon qildi.
Isroil Suriyadagi eng muhim 250 dan ortiq harbiy obyektga, jumladan, Rossiya bazalari joylashgan Latakiyaga havo hujumlarni uyushtirdi. Avvaroq Isroil harbiylari 50 yil ichida birinchi marta Suriya hududiga kirgandi.
AQSh Bashar Asad rejimi qulagach, “terrorchilar yana paydo bo‘lishlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun” IShIDning Suriyadagi 75 dan ortiq nishoniga zarbalar berdi. Bayden hokimiyatni o‘tkazish jarayonida Oq uyning Suriyadagi barcha guruhlar bilan hamkorlik qilishini ta’kidladi.
Suriyada isyonchilar Damashqni egallab, prezident Bashar Asad rejimini ag‘dardi. Mamlakatdan qochib ketgan prezidentning qayerdaligi noma’lum. Dunyo mamlakatlari yetakchilari uning hokimiyati qulagani haqida nima demoqda? Tafsilotlar.
Isyonchilar hujumlari oqibatida Suriyada prezident Bashar Asadning 24 yillik avtoritar boshqaruvi tugadi, u Damashqni noma’lum yo‘nalishda tark etdi, deb yozmoqda OAV o‘z manbalariga tayanib. Mamlakat bosh vaziri hokimiyatni topshirishga tayyor ekanini bildirdi.
Turkiya yetakchisi Erdog‘an Suriya prezidenti Bashar Asadga isyon bilan bog‘liq vaziyatni birgalikda tartibga solishni taklif qilgani, ammo ijobiy javob olmaganini aytdi. “Idlib, Hama, Homs va, albatta, maqsad Damashq. Muxolifatning yurishi, umid qilamizki, muammolarsiz davom etadi”, — dedi u.
Suriyada qo‘zg‘olonchilar Idlibda 25 ta qishloq va harbiy aeroportni egallab oldi. Shuningdek, hukumat qo‘shinlari Halabni deyarli qarshiliksiz tark etgani ma’lum qilindi. Hujum boshlanganidan beri kamida 277 kishi halok bo‘ldi. “Gazeta.uz” vaziyat bo‘yicha Meduza tayyorlagan materialning tarjimasini havola etadi.
2022-yilda Toshkent shahrida terakt sodir etmoqchi bo‘lgan jinoiy guruhning 4 a’zosi ushlanib, 10 yildan 15 yilgacha qamalgan. Ular xalqaro terrorchilik tashkilotining o‘zbekistonlik vakili bilan tanishib, Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasi, shuningdek, aeroportda terakt qilmoqchi bo‘lgan.
O‘zbekiston TIV Isroil tomonidan Eronning Suriyadagi konsulligiga qilingan va bir necha kishining o‘limiga sabab bo‘lgan aviazarbani keskin qoraladi. “Xorijiy davlatlarning diplomatik va boshqa vakolatxonalariga hujum qilinishini mutlaqo qabul qilib bo‘lmas holat deb hisoblaymiz”, — deya ta’kidladi vazirlik.
Isroil Damashqdagi Eron konsulligiga raketa hujumi uyushtirdi, oqibatda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining yetti a’zosi, jumladan, ikki general halok bo‘ldi. Tehron “keskin javob” bo‘lishini va’da qildi.
Suriyadagi terrorchilar safida jang qilib, jiddiy jarohatlangan o‘zbekistonlik 24 yoshli yigit O‘zbekistonga olib kelindi va unga nisbatan jinoyat ishi ochildi. U Suriyaga qanday ketgani hamda bu davrdagi hayoti haqida gapirib berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting