Surxondaryo viloyatining barcha shahar va tumanlari hamda Toshkent viloyatining aksariyat tumanlarida maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun tariflar oshirildi.
Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid rejalarga ko‘ra, kelasi yilda 425 ming aholini ishli qilib, 320 mln dollar eksport qilish ko‘zda tutilmoqda. Xususan, xitoylik investorlar mis va kumush konlariga investitsiya kiritish orqali ikki ming ish o‘rni yaratishni taklif qilmoqda.
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida avgust oyida opasini kaltaklab o‘ldirgan 16 yoshli bolaga hukm o‘qildi. Sud uni 9 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Akbarali Ishmurzoyev Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumaniga hokim etib tayinlandi. U bungacha Denov hokimi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Avvalgi hokim boshqa ishga o‘tishi sabab lavozimidan olingandi.
Surxondaryoning Boysunidagi gaz konida vodorod sulfid sizib chiqishda davom etmoqda. Aholining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, yaqin atrofdagi hududlar gaz hidi bilan qoplangan, shu bois ko‘pchilik vaqtincha boshqa shaharlarga ketgan, evakuatsiya qilingan aholi esa maktab va boshqa muassasalarda bo‘lib turibdi.
Prezident topshirig‘iga binoan Surxondaryoning Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” (M-25) koniga bosh vazir o‘rinbosari Achilboy Ramatov, energetika, favqulodda vaziyatlar vazirlari va boshqalar tashrif buyurdi. “Gazeta.uz” ikki xodim shifoxonaga yotqizilgani haqida ma’lumot oldi.
Surxondaryoning Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konida texnologik jarayon buzilishi sababli oltingugurt (vodorod sulfid) gazi chiqishi kuzatildi. “Kon yaqinidagi fuqarolar evakuatsiya qilindi, vaziyat to‘liq nazoratda, vahimaga o‘rin yo‘q”, — dedi FVV. Havoning ifloslanish darajasi o‘rganilmoqda.
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida 16 yoshli yigit o‘z opasini “yigitlar bilan munosabatda bo‘lgani” uchun o‘ldirdi. U qo‘lga olinib, holat yuzasidan jinoiy ish ochildi.
Sariosiyo tumanidagi mahallaga kelib qolgan ayiq otib o‘ldirildi. Ekologiya vazirligi hayvon IIB xodimiga jarohat yetkazgani, maktabga kirib, o‘quvchilar hayotiga xavf solgani uchun “tezkor chora ko‘rish talab qilinganini” bildirdi.
Termiz shahridagi Bolajon madaniyat va istirohat bog‘ida attraksion trosi uzilib ketishi sababli 2 qiz va 2 ayol jarohatlandi. Ulardan 2 nafari Qozog‘iston fuqarolari bo‘lgan. Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi attraksion mavsum oldidan sinovdan o‘tkazilmaganini bildirdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Angor tumani hokimi sotib olgan Captiva avtomobilining narxi tuman hokimlari uchun belgilangan limitdan yuqori ekanini aniqladi. Avtomobil Surxondaryo viloyati hokimligi balansiga o‘tkazildi. Sobiq deputat Rasul Kusherbayev bu muammoning yechimi emas, deb hisoblamoqda.
Surxondaryo viloyatining Angor tumani hokimi “Ayollar daftari” mablag‘lari hisobidan Captiva 5 mashinasini sotib olgani aytilmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi holat o‘rganilayotganini ma’lum qildi.
Boysun tumanida bir oilaning 6 a’zosi is gazidan zaharlandi. Oqibatda ota va uning voyaga yetmagan 4 farzandi vafot etdi, ayol esa jonlantirish bo‘limida qolmoqda. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.
Toshkentning sobiq hokimi, tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev biznes marafonda yoshlarning savollariga javob berdi. “Otam biznesga kirishimdan qo‘rqardi. Bir kun qamalib ketasan derdi”, — deydi u. Ortiqxo‘jayev, shuningdek, Artel reklamasiga nega Bahodir Jalolov tanlangani haqida gapirdi.
Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida 3,8 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. E’tiborlisi, ayni shu hududda kechadan beri ketma-ket zilzilalar kuzatilmoqda va bu safargisi beshinchisi hisoblanadi.
Surxondaryo viloyatida 23-noyabr tongidan buyon 3 marta zilzila qayd etildi. Har uchala silkinish epitsentri Qumqo‘rg‘on tumaniga to‘g‘ri keldi. Zilzila bu tumanga yaqin hududlarda 2−3 balli darajada sezildi.
2024-yildan Surxondaryoning Sariosiyo tumanidagi aeroportga yo‘lovchi samolyotlari qatnay boshlaydi, Sariosiyo va Toshkent o‘rtasida poyezd qatnovi amalga oshiriladi, dedi Shavkat Mirziyoyev. Shuningdek, u Boysunda ochiq osmon muzeyini tashkil etish rejasini ham ma’lum qildi.
Prezident Termizdagi Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasiga bordi. U Surxondaryo yoshlarining sportga qobiliyati zo‘rligi, ammo ular shug‘ullanayotgan sport turlari cheklanganini aytib, bu sohaga 30 mlrd so‘m ajratilishini bildirdi. Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga esa 50 mln dollar yo‘naltiriladi.
Surxondaryoda ichimlik suvi ta’minoti loyihasining birinchi bosqichi ishga tushirildi. Mazkur bosqichda suv Sariosiyo, Denov, Sho‘rchi va Qumqo‘rg‘on tumanlariga yetib bordi. Viloyat aholisining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 70 foizga yetdi.
Surxondaryoga tashrif buyurgan Shavkat Mirziyoyev “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz-kimyo majmuasi qurilishi bilan tanishdi. “To‘palang” gidroelektr stansiyasida bo‘ldi. Shuningdek, davlat rahbari To‘palang daryosida “Zarchob-3” kichik gidroelektr stansiyasi qurilishiga start berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting