O‘zbekistonda elektr, gaz va suv hisoblagichlarini tekshirish bo‘yicha davlat xizmatlari proaktiv formatga o‘tkazilmoqda. Ya’ni ular fuqarolarning murojaatlarisiz tekshiriladi. Yana oltita xizmat kompozit formatda taqdim etiladi.
Shavkat Mirziyoyev klaster va fermerlarga yetkazib berilayotgan har bir kub metr suvga respublika bo‘yicha o‘rtacha 212 so‘m xarajat qilinayotganini ta’kidladi. Buxoro, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida esa bu ko‘rsatkich 2−3 barobar yuqori. To‘rtta viloyatda nasoslar yangilanmagani uchun suv tannarxi oshib ketmoqda.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov davlat qarzi, suv taqchilligi, Qambarota-1 GES va Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi masalalari haqida intervyu berdi. “Oqim manbaida turibmiz va suv bermaymiz, deb bahslashish — bema’nilik”, — deya ta’kidladi u.
O‘zbekistonda 2025-yildan boshlab dalada suv hisoblagich o‘rnatgan va tejamkor texnologiyalarni qo‘llaydigan fermerlar uchun soliq koeffitsiyenti kamaytiriladi. Aksincha holatlarda esa oshiriladi. Suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish uchun imtiyozli kredit liniyasi tashkil qilinadi.
Ishbilarmonlik uchrashuvida tadbirkorlar ekologik toza loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tajribalari haqida gapiradi. Asosiy mavzular: energiya inqirozi davrida yangicha isitish tizimlari va qishloq xo‘jaligida suvni tejash yo‘llari. Har kim o‘z eko-loyihalarini taqdim etishi va muhokama qilishi mumkin.
Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifi chog‘ida O‘zbekistondagi suv muammosi haqida gapirdi. U “suv tekin emas”, degan g‘oyani aholiga chuqur singdirish va buni kundalik turmush qoidasiga aylantirish asosiy vazifa bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.
Ikki yil davomida O‘zbekistonda davlat budjetidan suv xo‘jaligiga qariyb 2 mlrd dollar ($2,54 mlrd davlat qarzini hisobga olmaganda) ajratildi, ammo bu vaqt ichida suv isrofi va nasoslarning holati yaxshilanmadi. Sohaga 2024-yilda yana 1,7 trln so‘m va 300 mln dollarlik kredit ajratish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida yil davomida 39 mlrd kub metr suv iste’mol qilingan. Shundan 36 foizi yoki 14 mlrd kub metri tuproq o‘zanli kanal va ariqlarda yo‘qolgan, dedi prezident. Yana 5−6 mlrd kub metr suv sug‘orishning eskirgan usullari tufayli yo‘qotilmoqda.
Rassom Inkuzart Toshkentda yangi rasm chizdi. U o‘ylamay sarf qilinayotgan suvga bag‘ishlangan.
Termiz shahridagi kanalizatsiya tarmog‘ida sodir bo‘lgan yirik avariya tufayli ichimlik suvi ta’minoti uch kunga soat 8:00 dan 20:00 gacha to‘xtatildi. Qolgan vaqtlarda suv berilishi kerak.
O‘zbekistonda 2030-yil yakunigacha iste’molchilarga suv yetkazib berish hamda suvning hisobini yuritish funksiyasi bosqichma-bosqich davlat-xususiy sheriklikka o‘tkaziladi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev Qonunchilik palatasi oldidagi hisobotida vazirlik suvni sarflash madaniyati, uni o‘lchash va yetkazib berish bo‘yicha keskin takliflar tayyorlayotganini ma’lum qildi. Takliflar 2024-yilning budjet loyihasida ko‘rsatiladi.
Toshkentdagi uchta tumanning bir qator aholi massivlari nasos stansiyalari elektr ta’minotidan uzilishi sabab suvsiz qoldi.
2023 yilgi davlat dasturiga ko‘ra, jami 13 057 suv xo‘jaligi obyektlarida raqamli texnologiyalar joriy etilib, «Aqlli suv» qurilmalari o‘rnatiladi. Suvning hisobi onlayn rejimda monitoring qilinib, respublika bo‘ylab suvning aniq hisobini yuritish, foydalanish va operativ boshqarish imkoniyati oshiriladi.
Yer kimlarningdir nafsi uchun uvol qilinmay, ishlaydigan odamga berilishi kerak; «chinakam innovatsiyalar» suv tanqisligi oqibatlarini yumshatadi, ammo ular joriy etilmasa, mintaqadagi bo‘lajak agrar muammolardan eng ko‘p o‘zbekistonliklar aziyat chekadi, deb hisoblaydi yapon universiteti doktoranti Aziz Omonov.
Suv va salqin ichimlik ishlab chiqaruvchilari markirovka bo‘yicha tajriba loyihasini to‘xtatishga chaqirmoqda, ularning fikricha, bu iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Soliq qo‘mitasi kompaniyalar xavotirlarini asossiz deb atab, ularning loyihada qatnashish haqidagi kelishuvni imzolab bo‘lganlarini ma’lum qildi.
Toshkentda katta hajmli suv quvurlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari o‘tkazilishi munosabati bilan 29 martdan 8 iyungacha bosqichma-bosqich ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. «Toshkent shahar suv ta’minoti» MCHJ o‘chirilish vaqtlari va joylar ro‘yxatini e’lon qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting