Rossiya TIV rasmiysi Mariya Zaxarova rossiyalik siyosatchi Zaxar Prilepinning O‘zbekistonni Rossiyaga qo‘shib olish bo‘yicha taklifiga munosabat bildirib, suverenitetni hurmat qilish o‘zaro majburiyat ekanini ta’kidladi. Uning taklifi Rossiyaning rasmiy pozitsiyasidan ancha uzoqda, dedi Zaxarova.
Rossiyalik siyosatchi Zaxar Prilepinning O‘zbekistonni Rossiyaga qo‘shib olish haqidagi bayonotidan so‘ng Rossiya elchisi Oleg Malginov O‘zbekiston TIVga taklif etildi. Unga bu kabi chiqishlar provokatsion bo‘lib, ikki xalq o‘rtasidagi munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi bildirildi.
Rossiya davlat dumasi deputati Yevgeniy Fyodorov Rossiya Sobiq Ittifoq davlatlari bilan urishishga majbur bo‘lishi, ular SSSRdan noqonuniy ajralib chiqqani haqida fikr bildirdi. O‘zbekistonlik deputatlar buni “nosog‘lom fikr” deya atab, bu so‘zlarga jiddiy munosabat bildirish shart emasligini ta’kidladi.
Xitoyning Fransiyadagi elchisining Sobiq Ittifoq davlatlari suverenitetiga shubha bilan qaragan bayonoti diplomatik mojaroga sabab bo‘ldi. Qator Yevropa davlatlari bunga munosabat bildirdi, Xitoy esa SSSR tarkibidan chiqqan barcha davlatlar mustaqilligini hurmat qilishiga ishontirishga to‘g‘ri keldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting