O‘zbekistonda 1-iyundan boshlab “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshiriladi. Dasturga 2023−2024-yillarda jami 1 milliard dollar ajratiladi. Unda ishtirok etadigan tadbirkorlarga alohida imtiyozlar beriladi.
Zargarlik ishi yo‘nalishi bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, sertifikat olgan shaxslarga va uzoq muddatga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini ijaraga olgan dehqon xo‘jaliklari hamda kichik tadbirkorlarga 50 mln so‘mgacha garovsiz kreditlar ajratiladi.
2023-yilda aholi va tadbirkorlarning mavjud muammolarini “xonadonbay” o‘rganish bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkaziladi. Qolaversa, daftarlarga kiritilgan aholiga ko‘rsatilgan yordam haqidagi ma’lumotlar yagona axborot tizimiga kiritiladi. Har bir mahallaning elektron xaritasi ishlab chiqiladi.
Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilmaslikni nazarda tutuvchi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Prezident farmoni bilan 1 yilda bir marotaba o‘rta tadbirkorlik subyektlariga mol-mulkni sug‘urta qilish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq BHMning 20 baravaridan oshmagan qismi qoplab beriladi. Daromadi 10 mlrd so‘mdan kam bo‘lmagan tadbirkorlar uchun davlat xaridlarida 20 foizlik kvota joriy etiladi.
Shavkat Mirziyoyev birinchi chorakda YIM pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun sovuqdan jabr ko‘rgan tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanishini ma’lum qildi. Tadbirkorlik subyektlariga kredit to‘lash muddati uzaytiriladi, qarzni bo‘lib-bo‘lib to‘lash, foiz va “penya” hisobini to‘xtatib turish va boshqa imkoniyatlar yaratiladi.
Davlat xizmatiga qabul qilingan tadbirkorlar faoliyatini to‘xtatib turishning huquqiy asoslari yaratilmoqda. Bu bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqildi va jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov ham tadbirkorlar bilan uchrashdi. Yakunda 2022−2023 yillarda hech bir issiqxonachi gazdan uzilmasligi, 28 oktabr kuni hamma issiqxonalar gazga ulanishi aytildi. Qaysi viloyatda issiqxonachilarga gaz berilmasa, tegishli Hududgaz rahbari ishdan bo‘shatiladi.
Payshanba kuni uch nafar vazir gazdan uzilgan issiqxona egalari bilan salkam 3 soatlik uchrashuv o‘tkazdi. Tadbirkorlar muammosiga «Gazeta.uz» e’tibor qaratgach, issiqxonalar gazdan uzilmaydigan bo‘ldi. Tez kunlarda sohaga qator imtiyozlar berishni nazarda tutuvchi prezident qarori ham qabul qilinadi.
Seshanba kuni issiqxonalari gazdan uzilgan tadbirkorlar norozilik bildirib, Toshkentda to‘plandi. «Gazeta.uz» muxbirining xabar berishicha, turli hududlaridan kelgan o‘nlab tadbirkorlar dastlab prezident Administratsiya rahbari bilan ko‘rishishga uringan, biroq ular Vazirlar Mahkamasiga yo‘naltirilgan.
Tadbirkorlarga nisbatan yangi jazo choralarini joriy etishga 3 yillik moratoriy e’lon qilinadi. Ularning mulk huquqi faqat sud tomonidan bekor qilinishi mumkin. Qolaversa, savdo qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘liq bekor qilinadi, jarimalar esa to‘lanayotgan soliqdan oshirilmaydi.
Prezident qarori bilan «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Shavkat Mirziyoyev ishbilarmon doira vakillari bilan ochiq muloqot oldidan 100 nafar tadbirkorni mazkur mukofot bilan taqdirladi.
Davlat korxonalarining kvazifiskal xarajatlari yaxshiroq nazorat qilinadi, davlat korxonalariga ularning faoliyatiga mos kelmaydigan yangi ko‘chmas mulk obyektlarini sotib olish va qurish taqiqlanadi. Prezidentning yangi farmoni bilan davlat korxonalari uchun boshqa taqiq va cheklovlar ham joriy etilmoqda.
Biznes-ombudsmanning ma’lum qilishicha, tadbirkorlar o‘zlariga qonuniy asosda tegishli bo‘lgan mablag‘larni davlat organlaridan sud orqali undirishga majbur bo‘lmoqda. 2021 yilning o‘zida sudlar tomonidan davlat organlari hisobidan tadbirkorlarga qariyb 11,5 mlrd so‘mlik qarzdorlik va 2,2 mlrd so‘mlik davlat boji undirib berilgan.
Prezident «Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, tadbirkorlar o‘z tovarlarida ishlab chiqarilgan joy nomini ko‘rsatishi mumkin. Talabgorlar geografik ko‘rsatkichdan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Intellektual mulk agentligiga murojaat qilishi lozim. Huquq 10 yil davomida amal qiladi, geografik ko‘rsatkichni boshqa davlatlarda ham ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin.
Prezident qarori bilan 1000 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan yer uchastkalari, bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini qo‘lga kiritgan mahalliy va xorijiy investorlarga mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashni 6 oyga kechiktirish huquqi berilishi mumkin. Davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan korxonalar va soliq qonunchiligini buzish xavfi yuqori bo‘lgan tadbirkorlar bundan mustasno.
Biznes-ombudsman mutaxassisining ta’kidlashicha, shu yilning 9 oyida 1000 dan ortiq mansabdor ma’muriy javobgarlikka tortilib, 225 tasiga intizomiy jazo qo‘llanilgan. Sudlarga 28 mlrd so‘mlik da’vo arizalar kiritilgan. «Tadbirkorlarning huquqlari buzilishi davlat budjeti uchun qo‘shimcha xarajat» — dedi u.
Bino va inshootlarning buzilishi munosabati bilan hokimiyatlar tadbirkorladan 123 mlrd so‘m qarzdor. Prezident hokimlarga 1 sentyabrga qadar kompensatsiyalarni to‘lab berish vazifasini topshirdi. «Bir so‘m ham qarzdorlik qolmasligi shart», — dedi u.
Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashuvni har yili o‘tkazish kerakligini ta’kidlab, 20 avgustni mamlakatda «Tadbirkorlar kuni» deb e’lon qilishni taklif qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatda yangi ish o‘rinlarini yaratish, eksport salohiyatini oshirish va byudjet barqarorligini ta’minlash yo‘lida hissa qo‘shayotgan 100 nafar tadbirkorga minnatdorchilik bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting