Bolgariyada taekvondo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida musobaqa tashkilotchilari o‘zbekistonlik Laylo Hasanovani eng yaxshi taekvondochi qiz, deb e’tirof etdi. U jahon chempioni bo‘ldi, yana 9 nafar sportchi terma jamoa hisobiga 1 kumush va 8 bronza medalini yozdirib qo‘ydi.
Charos Qayumova taekvondo sport turi bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon reytingida birinchi o‘rinni egallagan ilk o‘zbekistonlik sportchiga aylandi.
Taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik Jasur Jaysunov hamda Nikita Rafalovich oltin, Feruza Sadikova va Svetlana Osipova bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida kuchli uchlikda bormoqda.
Taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionatida Olimpiada chempioni Ulug‘bek Rashitov oltin, Charos Qayumova esa kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Rim shahrida Gran-pri turkumiga kiruvchi turnirda taekvondochi Shuhrat Salayev bronza medalini qo‘lga kiritdi.
BAAda bo‘lib o‘tgan taekvondoning WT yo‘nalishi bo‘yicha Fujairah Open-2022 turnirida O‘zbekiston delegatsiyasi 7 ta medalni, shu jumladan, 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronzani qo‘lga kiritdi. Musobaqada olimpiada chempioni Ulug‘bek Rashitov ham qatnashib, g‘olib bo‘ldi.
Taekvondochi Ulug‘bek Rashitov Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston uchun birinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi. «Gazeta.uz» sportchining murabbiyi Pavel Xan bilan suhbatlashib, undan chempionlarni tarbiyalash, g‘alaba sari yo‘l va kelajakdagi rejalar haqida so‘radi.
O‘zbekistonlik taekvondochilar Osiyo chempionatida 3 ta oltin, 1 ta kumush va 6 ta bronza jami 10 ta medalni qo‘lga kiritib, rekord o‘rnatishdi. Bunga qadar O‘zbekiston tarixida hech qachon bitta Osiyo chempionatida 10 ta medal qo‘lga kiritilmagan edi.
O‘zbekistonlik taekvondochi Svetlana Osipova +67 kg vazn toifasida Olimpiada litsenziyasini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor taekvondo bo‘yicha Olimpiya o‘yinlariga 4 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting