Toshkentda 15 yoshli maktab o‘quvchisi bilan jinsiy yaqinlik qilgan jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va uning ikki nafar sherigi ushbu jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Sud o‘qituvchini 4 yilga, uning sheriklarini esa 2 yilga ozodlikdan mahrum etdi.
Quva tumani IIB 11 yoshli bolaning amakisi tomonidan jinsiy tajovuzga uchragani to‘g‘risidagi xabarni tekshirmoqda. Farg‘ona viloyat prokuraturasi ishni nazoratiga oldi.
Farg‘ona viloyatida 11 yoshli bola ikki yil davomida o‘z amakisining jinsiy tajovuziga uchragani aytilmoqda. Hodisa to‘g‘risida bloger Aqida Xanum ma’lum qildi.
Uzreport TV kanali ko‘rsatuvi suratga olinayotgan vaqtda, ikki nafar shaxs tasvirchiga hujum qilib, kamerani sindirishganligi aytilmoqda. Chilonzor tumani sudining ish yuzasidan chiqargan qarorida ushbu holat qayd etilmay, tasvirchi va fuqarolar orasida janjal bo‘lib o‘tganligi aytilgan. Komil Allamjonov ushbu holatga munosabat bildirib, aybdorlar jazoga tortilishi shartligini ta’kidladi. «Qonun ustuvorligiga erishishimiz o‘z qo‘limizda», deydi u.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting