O‘zbekistonda 3−18 yoshdagi nogironligi bo‘lgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmatini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda. Yil yakunigacha xizmatlar bilan 2 mingga yaqin nogironligi bo‘lgan bolalar qamrab olinadi. Bu ularning onalari uchun ishlash va ta’lim olish imkoniyatini yaratadi.
Jizzax shahrida eski gaz quvurlari 1,5 ming kilometrdan ziyod uzunlikdagi yangi quvurlar bilan almashtirish rejalashtirilmoqda. Gaz taqsimlash stansiyalari soni ham qisqaradi. Mazkur loyiha Turkiyaning Aksa kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Shavkat Mirziyoyev xirurgiya xizmatini transformatsiya qilishga oid taqdimot bilan tanishdi. Davlat rahbari tumanlararo markazlarda qilinadigan jarrohlik amaliyotlari turini 79 taga, viloyat darajasida 168 tagacha yetkazish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, mamlakatda 500 bemor jigar, 1500 kishi buyrak transplantatsiyasi amaliyotiga muhtojligini bildirmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev farmatsevtika tarmog‘ida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Taqdimotda 1,25 mlrd dollarlik 104 ta investitsiya loyihasi rejalashtirilgani haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, taqdimotda mahalliy dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Shavkat Mirziyoyev Olimpiya zaxiralari kollejlarining Paralimpiya sport bo‘limlariga yuborilgan sportchilar uchun qo‘shimcha 10 foizgacha kvota ajratish, shuningdek ushbu bo‘limlarda ota-onalardan o‘quv to‘lovlarini undirish tartibini bekor qilish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi. Qizlar uchun kvotani ko‘paytirish orqali Xalqaro olimpiya qo‘mitasining gender tenglikka doir tamoyillari ta’minlanadi.
2021−2023 yillarda Toshkentda 10,7 mlrd dollarlik 1390 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish, 98 mingga yaqin ish o‘rinlarini ochish rejalashtirilmoqda. Jumladan, joriy yilda 4,1 mlrd dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirish hamda 27016 ta ish o‘rnini ochish mo‘ljallangan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting