Toshkent shahri hokimligi huzurida ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash bo‘yicha injiniring kompaniyasi tashkil etildi. U uylarni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, shuningdek, liftlarni almashtirish, hududlarni obodonlashtirish, uylarni sanatsiya va renovatsiya qilishda buyurtmachi sifatida qatnashadi.
Onkologlar Toshkent budjetida saratonga chalinganlar bilan ishlash tajribasidan butun mamlakat bo‘ylab foydalaniladigan hospis qurilishi uchun “pul yo‘qligi”dan norozi. Parlamentda hokimlik vakili pul yetishmasligini aytdi. Deputatlar chora ko‘rish va aprelga qadar qilingan ishlar yuzasidan hisobot berishni so‘radi.
20-avgustdan O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida haftada bir marotaba amalga oshiriladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Toshkent — Budapesht yo‘nalishidagi reyslar Airbus A-320 havo kemasida bajariladi.
3-iyul kuni erta tongda havo ifloslanishi bo‘yicha Toshkent yana dunyoda yetakchilardan biri bo‘ldi. 6-iyulga o‘tar kechasi esa shaharni tutun va kuyindi hidi qamrab oldi, havo sifati yana “zararli” darajaga chiqdi. Toshkent hokimligi va O‘zbekiston hukumati namoyishkorona sukut saqlamoqda.
Yakshanba kuni futbol bo‘yicha U23 Osiyo kubogi final uchrashuvi o‘tkazilishi munosabati bilan soat 12:00 dan 00:00 ga qadar Toshkentdagi «Milliy» stadioni atrofidagi ko‘chalar avtotransport vositalari uchun yopiladi.
Toshkent hokimligi 500 mln dollarga yevrobondlar chiqarishni rejalashtirmoqda, dedi hokim Jaxongir Ortiqxo‘jayev. Shu bilan birga, byudjet qonunchiligiga ko‘ra, O‘zbekiston shaharlari va viloyatlariga ichki va tashqi bozorlar orqali kreditlar jalb qilish taqiqlangan. Toshkentga faqat ichki obligatsiyalarni chiqarish bo‘yicha eksklyuziv huquq berilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting