Toshkent viloyati hokimligi Architects Engineers Planners Advisors kompaniyasi bilan poytaxt va Toshkent dengizi o‘rtasida 6,9 mlrd so‘mlik tezyurar avtobus tranziti qurilishining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish to‘g‘risida shartnoma imzoladi.
O‘rta Chirchiq tumani hududida joylashgan, xalq tilida «Tashmore», ya’ni «Toshkent dengizi» deb ataluvchi Tuyabo‘g‘iz suvomborida dam olish maskani bunyod etilishi rejalashtirilmoqda. Loyihaning birinchi bosqichida xitoylik investor tomonidan 2,5 mln AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilishi ko‘zda tutilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting